Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxorodagi xususiy bog‘chada ikki yashar bola tok urishidan vafot etdi
Fojia bog‘cha tarbiyachisi bolalarni qarovsiz qoldirgani oqibatida yuz bergan.
Foto: Getty images
Buxoro viloyati, Buxoro tumanida joylashgan xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida baxtsiz hodisa yuz berdi.
Buxoro viloyati prokuraturasi xabariga ko‘ra, 28 mart kuni 2 yashar bola elektr toki urishi oqibatida vafot etgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan ish qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergovda aniqlanishicha, bog‘cha tarbiyachisi M.D. tarbiyalanuvchilarni qarovsiz qoldirgani oqibatida fojia yuz bergan.
«M.D. vazifasiga yoshi va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda bolalarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kabi kasbiy majburiyatlar kirishi belgilangan bo‘lsada, o‘z kasbiga nisbatan beparvo hamda o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmagani va o‘ziga biriktirilgan guruhda tarbiyalanuvchilarni qarovsiz qoldirgani aniqlandi hamda natijasiga ko‘ra mazkur jinoyat ishi 18 iyun kuni mazmunan ko‘rish uchun sud muhokamasiga yuborildi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
23:12 / 14.01.2026
Xivadagi Kongress markazi va Farg‘onadagi ekspomarkaz loyihasi prezidentga taqdim etildi
12:05 / 10.01.2026
Buxoroda bir guruh voyaga yetmaganlar ishtirokidagi janjal holati o‘rganilmoqda
14:48 / 08.01.2026
Buxorodagi yangi aeroport 2027 yilning birinchi choragida ishga tushirilishi rejalashtirilyapti
11:58 / 17.12.2025