Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aviator’dagi yong‘indan so‘ng O‘zbekiston bo‘ylab shu kabi obektlarni tekshirish boshlandi
FVV tomonidan o‘rganishlar davomida yong‘in xavfsizligi talablarining qo‘pol ravishda buzilishi aniqlangan obektlar faoliyati kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatiladi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahridagi «Aviator» savdo markazida sodir bo‘lgan yirik yong‘in kabi baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun respublika bo‘ylab ushbu toifadagi obektlarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan ishchi guruh tuzildi, o‘rganish va tekshiruvlar olib borilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xabar berdi.
Qayd qilinishicha, o‘rganishlar davomida yong‘in xavfsizligi talablarining qo‘pol ravishda buzilishi aniqlangan obektlar faoliyati kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatiladi. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilikka muvofiq, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilmasligi oqibatida kelib chiqqan hodisalar bo‘yicha obekt rahbarlari va mas’ul shaxslarga nisbatan ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangani eslatildi.
FVV tadbirkorlarni qonun talablariga befarq bo‘lmaslikka chaqirib, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish orqali obektlarga kirayotgan fuqarolar, shuningdek, ishchi va xizmatchilar hayoti hamda sog‘lig‘ini muhofaza qilish mumkinligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi «Aviator savdo majmuasida 31 yanvar kuni yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘indan so‘ng vayronalar ostida 2023 yilda tug‘ilgan bola jasadi topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
10:17 / 25.03.2026
272 ta masjidda favqulodda ogohlantirish uskunalari o‘rnatildi
23:25 / 22.03.2026
Bo‘stonliq tumanida “Nexia-2”da yong‘in sodir bo‘ldi
19:23 / 22.03.2026
Boysunda jarlikka tushib ketgan ayol qutqarildi
11:05 / 17.03.2026