Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metrosida yosh bola poyezd yo‘liga tushib ketgani rad etildi
O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, 3 yoshli qizning oyog‘i vagon eshigiga qisilib qolgan. Holat yuzasidan yo‘lovchiga hech qanday og‘ir jarohat yetmagan.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent metropoliteni ijtimoiy tarmoqlarda yosh bola poyezd yo‘liga itarib yuborilgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 26 iyun sanasi soat taxminan 18:00 da metropolitenning «Paxtakor» bekatida harakat tarkibidan tushish chog‘ida yo‘lovchilardan biri (3 yoshli qiz) hamrohining etiborsizligi natijasida vagon eshigiga oyog‘ini qisib olgan. Shundan so‘ng, zudlik bilan unga birinchi yordam ko‘rsatilgan va tez tibbiy yordam xizmati chaqirtirilgan.
Holat yuzasidan yo‘lovchiga hech qanday og‘ir jarohat yetmagan.
«Tarmoqda tarqalayotgan «Yosh bolani itarvorishdi» mazmunidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va bu xabarlar yolg‘on ma’lumotdir», — deyiladi munosabatda.
Poytaxt metropoliteni yo‘lovchilaridan harakat vaqtida yosh bolalariga e’tiborli bo‘lishlarini so‘radi.
Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoq faollaridan bu kabi o‘z tasdig‘ini topmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik, yolg‘on ma’lumot tarqatilgani uchun qonunchilikda javobgarlik borligi eslatib o‘tildi.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026