Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navbahor tumani hokimi ishdan olingan
Illyustrativ foto
Navoiy viloyati Navbahor tumani hokimi Baxtiyor Bobonazarov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, viloyat rahbari Qobul Tursunov tuman hokimining sog‘lig‘i to‘g‘ri kelmagani sababli ishdan bo‘shatishni so‘rab yozgan arizasini qanoatlantirgan.
Biroq Kun.Uz’ning tuman hokimligidagi manbasining aytishicha, tuman hokimining sobiq birinchi o‘rinbosari Oybek Xairov 13 iyulda baliqchilik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan tadbirkorga yer ajratishga doir hokim qarori uchun 6 ming AQSh dollari miqdorida pora bilan qo‘lga tushganidan so‘ng, tuman hokimi hokimlikda yig‘ilish o‘tkazgan va ariza yozishga majbur bo‘lgan.
Xabar to‘ldirilmoqda.
Mavzuga oid
12:57 / 05.01.2026
Navoiyda avtobus YTHga uchradi. 2 kishi halok bo‘ldi
23:25 / 27.12.2025
Navoiyda noqonuniy tarzda qariyb yarim tonna baliq ovlaganlar ushlandi
14:58 / 17.12.2025
Navoiy IIBda 13 nafar xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi
14:10 / 09.12.2025