Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Husnbuzar orqasidan o‘z joniga qasd qilish ham uchrab turadi. Ular kasallikni davolab bo‘lmaydi deb o‘ylashadi». Dermatovenerolog bilan suhbat
Kun.uz o‘zining «Sog‘lom hayot» loyihasi orqali o‘z o‘quvchilariga bugungi kunda ko‘p uchrayotgan kasalliklar to‘g‘risida ma'lumotlar berib kelmoqda. Bugun ko‘pchilik balog‘at yoshidagilarda uchraydigan husnbuzarlar to‘g‘risida suhbatlashamiz. Suhbatdoshimiz esa dermatovenerolog Mavluda Rixsiyeva.

Shifokor Mavluda Rixsiyeva husnbuzarlarning kelib chiqish sabablari, davolash va oldini olish yo‘llari haqida ma'lumot berib o‘tdi.
Husnbuzarlar so‘ngi yillarda dermatologiyaning eng dolzarb muamolaridan biri hisoblanadi. Bizning o‘lkamizda husnbuzar kasalligi judayam keng tarqalgan ommaviy muammo hisoblanadi. Husnbuzar jinsiy balog‘at davriga yetishdan boshlab yoshlarda va undan katta yoshdagi insonlarda ham uchrab turadi.
Kelib chiqish sababi
Husnbuzarning kelib chiqish sababi — asli yog‘ bezlarining yiringli yallig‘lanishi hisoblanadi. Husnbuzar bizning hududda judayam ommaviy va dolzarb muammolardan. Asosan ekologiyaning buzilishi, oshqazon-ichak kasalliklari, qalqonsimon bez kasalliklari, noto‘g‘ri ovqatlanish, gormonal buzilishlar hisobiga kelib chiqadi.

Kasallikni davolash
Husnbuzar kasalligini davolashda bir necha uslublar mavjud. Shulardan biri klassik terapiya. Bunda bir qator muolajalar o‘tkazilishi lozim bo‘ladi. Asab tizimi, oshqozon-ichak sistemasi va boshqa a'zolarni tekshiruvlardan o‘tkazish lozim bo‘ladi.
Husnbuzar kasalligi o‘smirlar va Yoshi katta insonlarda turli xilda uchrashi mumkin. Husnbuzar kasalligi estetik muammo bo‘libgina qolmasdan, ayniqsa o‘smirlarda chuqur psixologik muammolarga ham olib kelishi mumkin. Masalan tashqi qiyofaning buzilishi, o‘zgarishlar tufayli psixologik muammolar kelib chiqadi.
Kasallikni davolash vaqtida dermatologga murojaat etish judayam muhim sanaladi. Chunki vaqtida boshlangan davo kelajakda yuzni va husnbuzar toshgan boshqa qismlarning mukammal davolanishiga hamda chiroy qaytarilishiga olib keladi.

Husnbuzarlarni davolashni so‘nggi zamonaviy usullaridan biri lazeraterapiya hisoblanadi. Lazeraterapiyaning husnbuzarlarni davolashdagi ahamiyati shundaki, husnbuzarlardan qoladigan ikkilamchi asoratlar, chandiqlar, yallig‘lanishlar, yuz o‘zgarishi kabi muammolar bartaraf etiladi.
O‘smir yoshdagi bolalarda husnbuzarni qo‘li bilan siqish hollari ko‘p uchraydi. Qo‘l bilan siqilganda yoki uyda o‘z holicha davolash muolajalari olib borilsa, husnbuzarlardan keyin judayam xunuk chandiqlar qolishi mumkin. Bundan tashqari yuz terisining o‘zgarishi natijasida ikkilamchi infeksiya tushishi ham mumkin.

Husnbuzarlar paydo bo‘lishi natijasida o‘smirlarda ruhiy muammolar ham paydo bo‘lishi mumkin. Ya'ni husnbuzar chiqishi o‘smirlarning do‘stlari, yaqinlari oldida siqilishlariga, o‘zini bir pog‘ona pastda ko‘rishlariga olib keladi. Judayam katta muammolardan biri bu – husnbuzarlarning og‘ir formasi bilan yuz sohasining kuchli, og‘ir zararlanishi bo‘lgan o‘smirlarning o‘z joniga qasd qilish ham uchrab turishidir. Ular bu kasallikning davosi yo‘q, bir umr shunaqa xunuk bo‘lib qolaman deb o‘ylashadi. Bunday vaqtda faqat dermatolog davosidan tashqari psixolog yordami va nazorati ham kerak bo‘ladi.
Kasallikning oldini olish
Husnbuzar toshganida krem va pardoz uchun ishlatiladigan har xil moddalardan foydalanib bo‘lmaydi. Bunday paytda husnbuzarlarni qo‘l bilan sitish ham, o‘z holicha har xil muolajalar qilib ko‘rish ham yaramaydi. Aksincha, husnbuzar toshganda dermatolog vrach yoki kosmetologga uchrashib, ulardan kerakli maslahatlar olish va ular nazoratida davolanish zarur. Vrach maslahatlariga amal qilingandagina husnbuzar tezda yo‘qolib ketishi mumkin.
Rahmatillo Isroilov tayyorladi
Mavzuga oid
09:00 / 16.09.2019
Oq dog‘lar hukm emas: Vitiligoni O‘zbekistonda davolash mumkin
09:00 / 05.09.2019
6-7 sentabr kunlari «Dermatovenerologiya va estetik tibbiyotning dolzarb muammolari» nomli xalqaro ilmiy amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi
13:00 / 04.09.2019