Özbekiston Respublikasining dermatovenerologiya xizmatini yaxşilaş borasida oldinda turgan dolzarb masalalar qatoriga teri va tanosil kasalliklarini tekşiriş va davolaş standartlarini işlab çiqiş, barça bosqiçlarda ularni tatbiq etiş va mustahkamlaş, kompyuterlaştiriş, dispanserlaş va boşqalar kiradi. Bu masalalar Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M.Mirziyoyev tomonidan ham davlat yiğilişlarida ta'kidlab ötilgan. Şuning asosida ÖzR VMning 2017 yil 31 iyuldagi №563 qarori «Özbekiston Respublikasida 2017-2021 yillarda dermatovenerologiya xizmatini yaxşilaş çora-tadbirlari» qabul qilindi. Bunga asosan barça dermatovenerologiya xizmati taşkilotlari yuqori texnologiyali asboblar bilan ta'minlanmoqda, mutaxassis kadrlarni tayyorlaş böyiça ilmiy maktablar taşkil qilinmoqda, amaliyotga esa ilmning yangi yutuqlari tatbiq etilmoqda.
Buning natijasida Özbekistonda MDH davlatlari orasida ilk bor, xalq tilida oq doğ deb ataladigan vitiligo kasalligini jarrohlik yöli bilan davolaş yölga qöyildi.
Aslida kasallikning yaxşisi bölmaydi, ularning barçasi noxuşlik olib keladi. Vitiligo xastaligi esa dilni xira qiluvçi kasalliklar safiga kiradi. Xalq tilida «oq doğ» nomi bilan tarqalgan uşbu kasallik neça yillardan beri insonlarni qiynaydi.
Kasallikni davolovçi usullar juda köp, xalq tabobatida ham, tibbiyotda ham köplab tajribalar ötkazilgan. Ammo bu injiq xastalikni birdaniga tuzatib yuboriş qiyin. Bunday davolaniş usulidan biri malakali jarrohlik amaliyotidir va u faqatgina jahonning boşqa rivojlangan mamlakatlarida amalga oşirilar edi. Endi esa bu ötmişga aylandi. Davlatimiz rahbarining aholining salomatligi, soğlom turmuş tarziga körsatayotgan katta e'tibori ölaroq bunday jarrohlik amaliyotini endi Özbekistonda ham amalga oşirsa böladi.
Bu jarrohlik usuli – soğlom teridan melanotsitlarni köçirib ötkaziş bölib, oq doğlarni çoksiz usulda davolaşdir.


Bundan taşqari, Prezidentimiz topşiriği bilan Respublika ixtisoslaştirilgan Dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida AQŞning Candella kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan Picoway va Vbeam Perfecta kabi lazer texnologiyalari olib kelindi va endilikda ular yordamida teridagi boşqa turdagi doğ va nuqsonlarni butunlay bartaraf etiş imkoni paydo böldi.



















