Har yili dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiyaning dolzarb muammolari va yutuqlarini muhokama qiliş uçun an'anaviy ötkazib kelinadigan anjuman yana Toşkentda iş boşlaydi.

Anjumanda Özbekiston, Rossiya, Qozoğiston, Ruminiya, AQŞ, Italiya va jahonning boşqa mamlakatlaridan yetakçi mutaxassislar taşrif buyurişadi. Qatnaşçilar bugungi kundagi dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiya soxasida amalga oşirilayotgan işlar, yangiliklarni muhokama qilişadi. Yilda bir marotaba ötkaziladigan bunday anjumanlar tibbiyot rivojida juda muhim hisoblanadi.

Respublika ixtisoslaştirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiy markazi boş muassasa sifatida boşqa teri-tanosil kasalliklari taşkilotlari bilan vertikal tizimda iş olib boradi.

«Hozirgi kunda markazda 120 ta ilmiy xodim va vraçlar şulardan 13 ta tibbiyot fanlari doktori, 22 ta tibbiyot fanlari nomzodlari boşqa kafedralar va tibbiy muassasalar bilan birgalikda jinsiy yöl bilan yuquvçi kasalliklar va har xil teri kasalliklarini zamonaviy diagnostikasi va davoaş usullari borasida davlat programmasiga asoslanib iş olib borilmoqdalar. Markaz yoş kadrlarni yetiştirişda, ilmiy salohiyatini oşirişda, dermatovenerologiyaning turli muammolariga bağişlangan konferensiya va s'yezdlarni ötkazişda katta hissa qöşmoqda. Bunday Xalqaro anjumanlarning ötkazilişi yoş tadqiqotçi olimlarimiz uçun mahorat darsi bölib ximat qiladi», – deydi Respublika ixtisoslaştirilgan Dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Sabirov Uluğbek Yusupxanoviç.

Dermatovenerologiya sohasi böyiça Rossiya Federatsiyasi, Qozoğiston respublikasi, Tojikiston respublikasi, Ukraina va Ozarbayjonning instituti va markazlari bilan hamkorlik memorandumi imzolangan. Bu esa markazning keng imkoniyatlarini yana bir bor körsatadi. Markazda xalqaro hamkorlikda yetakçi ilmiy professional assotsiatsiyalardan Rossiya, AQŞ, Belarussiya, Qozoğiston, Ozarbayjon markazlari va xalqaro taşkilotlar International Society of Dermatology, USAID, UNDP, JSST bilan birga ilmiy loyihalarda amalga oşirilmoqda.