Xalq orasida «oq doğ» nomi bilan ma'lum bölgan vitiligo xastaligi uzoq davrlardan beri davolanmas kasallik deb qaralgan. Teri rangining kuçli özgarişi, oq doğlar bilan keçuvçi mazkur kasallik bemor uçun umrbod «hukm»dek qaralgan. Ammo «vitiligo davolanmaydi» degan stereotip endi ötmişda qoldi. Uni mutaqo asoratsiz va oğriqsiz davolaş mumkin. Eng ahamiyatlisi, buning uçun Hindistonga yoki Yevropaga boriş şart emas. Özbekistonning özidayoq bu muammoga yeçim topiş mumkin. Dermatovenerologiya markazida yölga qöyilgan yangi lazer texnologiyasi asosidagi jarrohlik amaliyotini ötkaziş bilan bu injiq xastalikni batamom bartaraf etiş mumkin.

Özbekistonda dermatovenerologiya xizmatini yaxşilaş uçun teri va tanosil kasalliklarini tekşiriş va davolaşning yangi standartlarini işlab çiqiş, taşxislaş va muolajada kompyuterlaştiriş, dispanserlaşni joriy qiliş talab etiladi. Şu maqsadda «Özbekiston Respublikasida 2017-2021 yillarda dermatovenerologiya xizmatini yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingan. Qarorga köra, barça dermatovenerologiya xizmati muassasalari yuqori texnologiya asosida işlovçi uskunalar bilan ta'minlanmoqda, mutaxassis kadrlarni tayyorlaş böyiça ilmiy maktablar taşkil qilinmoqda, ilm-fanning yangi yutuqlari amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Sönggi davrda Özbekiston tibbiyotida sezilarli islohotlar kuzatilayotganiga misol, dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiyaning dolzarb muammolari va yutuqlarini muhokama qiliş uçun an'anaviy ötkaziladigan xalqaro anjumanga joriy yilning 6-7 sentabr kunlari Toşkent şahri mezbonlik qildi. Jahonga maşhur professor olimlar Toşkentda jam bölib, soha rivojidagi sönggi yangiliklar, yutuq va kamçiliklar yuzasidan mahorat almaşişdi.

MDH davlatlari orasida aynan Özbekistonda ilk bor vitiligoni jarrohlik yöli bilan davolaşning yölga qöyilgani ham dermatovenerologiya sohasidagi tub burilişlarning isbotidir. Ilgari vitiligodan şifo izlab boşqa davlatlarga borişga töğri kelgan bölsa, endi buni Özbekistonning özidayoq amalga oşiriş mumkin.