O‘zbekiston | 09:23 / 25.05.2021
1830
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda 2021 yilda 700 milliard so‘mlik 180 gektar issiqxona tashkil etiladi

«Qoraqalpoq agro» erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi, qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan 91 720 gektar sug‘oriladigan yer maydonlari foydalanishga kiritiladi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Nigora Xo‘jayeva ma'lum qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2021 yilda issiqxona yo‘nalishida qiymati 700 mlrd so‘mlik 47 ta loyihada 180 gektar issiqxonalar tashkil etish belgilangan. Erkin iqtisodiy zonaga 12 ta tumandan 875,4 gektar yer maydonlari biriktiriladi.

Qoraqalpog‘istonda 3,3 ming gektar bog‘ va 2 ming gektar uzumzor mavjud, ushbu maydonlardan 30 ming tonna meva va 10,5 ming tonna uzum mahsulotlari yetishtirilmoqda. 

Hududga yetkazib berilgan 10 ta burg‘ulash texnikasi yordamida o‘nlab yillar davomida hech narsa yetishtirilmagan keng yer maydonlarini o‘zlashtirish uchun quduqlar qazilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid