Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Isroilni vazminlikka chaqirdi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshning siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Tayyo-Bruk Zerixun so‘zlariga ko‘ra, tashkilot Isroil xavfsizlik kuchlarini Isroil va G‘azo sektori chegarasidagi to‘qnashuvlardan so‘ng vazminlikka chaqiradi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
«Kuch faqat oxirgi pallada qo‘llanilishi kerak, odamlarning halok bo‘lish holati esa rasmiylar tomonidan surishtiruvdan o‘tkazilishi lozim. Shu munosabat bilan biz Isroil xavfsizlik kuchlarini qurbonlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida maksimal ravishda vazmin bo‘lishga chaqiramiz», - deya aytib o‘tdi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh G‘azo sektorida yuz bergan to‘qnashuvlar vaqtida odamlarning halok bo‘lishi holatini mustaqil tekshiruvdan o‘tkazishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:17 / 20.06.2026