Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya muxolifati prezidentni iste'foga chiqish jarayonini ortga surishda aybladi
Janubiy Koreya muxolifati mamlakat prezidenti Pak Kin Xeni navbatdagi marotaba tanqid ostiga oldi. Bu holat uning o‘ziga nisbatan e'lon qilingan impichment yuzasidan bergan tushuntirishlari bilan bog‘liq. Bu haqda “Toburo” Demokratik partiyasi rahbari Chu Mi E ma'lum qildi.
Pak Kin Xening himoyachilari 16 dekabr kuni Konstitutsion sudga (KS) u o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etgani haqidagi hujjatni taqdim etishdi. Xususan, prezidentning ta'kidlashicha, uni hukumatdan chetlashtirish noqonuniydir, sababi barcha ayblovlar yuzasidan dalillar taqdim etilmagan. Pak Kin Xening fikricha, shu tariqa parlament deputatlari tomonidan uning aybsizlik prezumptsiyasi buzilgan.
Eng yirik muxolif partiyasi rahbari esa Pak Kin Xe iste'foga chiqish muddatini ortga surishga urinayotgani haqida ma'lum qildi. "Biz buni murakkablashtirish hamda Konstitutsion sud ishiga halal berishlariga imkon bermaymiz", - deya aytib o‘tdi Chu Mi E. Uning ta'kidlashicha, Pak Kin Xeni yaqin dugonasi Chxve Sun Sil bilan bog‘liq jinoyatlarga aloqadorlikda ham gumon qilishmoqda.
Bunday pozitsiya muxolif Xalq partiyasi tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi. Uning vakili davlat rahbarining KSga yuborilgan maktubi – iste'foga chiqish jarayonini ortga surishdan boshqa narsa emasligi haqida aytib o‘tgan.
Ma'lumot uchun, Pak Kin Xening prezidentlik vakolati 9 dekabr kuni vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu parlament uning impichmenti uchun ovoz berganidan so‘ng ro‘y bergan. Mamlakat rahbari vazifasini vaqtinchalik bajarish esa bosh vazir Xvan Gyo Anga yuklatildi.
Mavzuga oid
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
18:16 / 26.12.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidentiga 10 yillik qamoq jazosi so‘raldi
09:03 / 15.12.2025