Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish bo‘yicha davlat nazorati to‘g‘risida qaror qabul qiladi
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish maqsad qilingan.
Foto : KUN.UZ
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati to‘g‘risida nizom tasdiqlanadi.
Belgilanishicha, 2021 yilning 1 yanvaridan Qishloq xo‘jaligi vazirligi dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari yerlaridan tashqari, yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, shu jumladan o‘rmon xo‘jaliklari, suv xo‘jaligi, mudofaa tashkilotlari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, ijtimoiy muassasalarga berilgan foydalanishidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha vakolatlarini Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, shu jumladan o‘rmon xo‘jaliklari, suv xo‘jaligi, mudofaa tashkilotlari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, ijtimoiy muassasalari tomonidan yerga oid qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini ta'minlash qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati O‘zbekistonning butun hududida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat organlari huquqni muhofaza qilish organlari, davlat boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda boshqa jamoat birlashmalari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladilar, ularga metodik va boshqa yordam ko‘rsatadilar.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat organlari qonun buzilishining oldini olish maqsadida yerga oid qonun hujjatlarini tushuntirish tadbirlarini amalga oshiradilar.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda quyidagilarga rioya qilinadi:
a) tuproqning unumdor qatlamlarini ruxsatsiz olib tashlash, ko‘chirish va yo‘q qilishni taqiqlash hamda pestitsidlar, agroximikatlar yoki insonlar va atrof-muhit salomatligi uchun xavfli bo‘lgan boshqa moddalar, iste'mol va ishlab chiqarish chiqindilari bilan ishlash qoidalarining buzilishi natijasida yerlarning ishdan chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi talablarga;
b) yerlarni yaxshilash, tuproqlarni shamol, suv erroziyalaridan himoya qilishi va yerlarning sifati holatlarini pasaytiruvchi boshqa jarayonlarning oldini olish bo‘yicha majburiy tadbirlar va talablarga;
v) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tasarruf etish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan bog‘liq boshqa faoliyatlarni amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalaridan majburiy foydalanish bilan bog‘liq talablarga;
g) yerlarni melioratsiya va rekultivatsiya qilish doirasidagi talablarga;
d) suv obektlari polosalari, qirg‘oqbo‘yii va suv himoya mintaqalari hamda mudofaa va chegara hududlardagi yer uchastkalaridan foydalanish rejimiga.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi hududiy bo‘linmalaridagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha davlat inspektorlari va mansabdor shaxslarining yerga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadilar, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni tekshirish bo‘yicha komissiyalar tashkil etadilar, ushbu masala bo‘yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati Qishloq xo‘jaligi vazirligi nomidan vazirlikning Yer, suv resurslaridan samarali foydalanish va metrologiya bosh boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar Qishloq xo‘jaligi boshqarmalarining Yerdan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish bo‘limi hamda tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlarining Qishloq xo‘jaligi ekinlari va yerdan samarali foydalanish sho‘'basi mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati bo‘yicha quyidagi mansabdor shaxslari:
qishloq xo‘jaligi vaziri – qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekistonning bosh davlat inspektori;
qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari hamda Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, yer monitoringini amalga oshirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekistonning bosh davlat inspektori;
Qishloq xo‘jaligi vazirligining Yer, suv resurslaridan samarali foydalanish va metrologiya bosh boshqarmasi (o‘rinbosari) hamda Qishloq xo‘jaligi ekinlari va yerlarini monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i – qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekistonning katta davlat inspektorlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri va viloyatlar Qishloq xo‘jaligi boshqarmalarining Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, yer monitoringini amalga oshirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari – qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning bosh davlat inspektorlari;
Tumanlar (Quvasoy shahar) Qishloq xo‘jaligi bo‘limlarining Qishloq xo‘jaligi ekinlari va yerdan samarali foydalanish sho‘'basi boshliqlari – qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat qilish bo‘yicha tegishli tumanlar (Quvasoy shahari)ning bosh davlat inspektorlari;
Qishloq xo‘jaligi vazirligining Yer, suv resurslaridan samarali foydalanish va metrologiya bosh boshqarmasi hamda Qishloq xo‘jaligi ekinlari va yerlarini monitoring qilish boshqarmasi o‘rinbosarlari va mutaxassislari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri va viloyatlar Qishloq xo‘jaligi boshqarmalarining Yerdan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish bo‘limi, tumanlar (Quvasoy shahar) Qishloq xo‘jaligi bo‘limlarining Qishloq xo‘jaligi ekinlari va yerdan samarali foydalanish sho‘'basi boshliqlari va mutaxassilari – qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat qilish bo‘yicha davlat inspektorlari hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:50 / 25.12.2025
Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
15:15 / 24.12.2025
Uy-joy va yer bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarish muddati 3 barobarga qisqarishi mumkin
09:23 / 17.12.2025
Fermer xo‘jaligi yerini o‘zboshimchalik bilan egallab, sotishga uringanlar ushlandi
08:20 / 26.11.2025