O‘zbekiston | 07:44 / 03.12.2021
2048
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Xalqaro taraqqiyot banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining qo‘shimcha aksiyalarini xarid qiladi

Foto: Reuters

Prezidentning “O‘zbekistonning Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi ustav kapitalidagi qo‘shimcha aksiyalarga obuna bo‘lishi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) boshqaruvchilar kengashi tomonidan 2018 yilda ushbu tashkilotlarning ustav kapitalini oshirish va a'zo mamlakatlarning qo‘shimcha aksiyalarga obuna bo‘lishlarini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingani ma'lumot uchun qabul qilinadi.

Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining XTTB va XMKlarning ustav kapitalidagi mos ravishda umumiy qiymati 91,92 mln dollar bo‘lgan qo‘shimcha 762 ta aksiyasi va umumiy qiymati 12,78 mln dollar bo‘lgan qo‘shimcha 12 781 ta aksiyasiga obuna bo‘lish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.

XTTB va XMKning qo‘shimcha aksiyalarini xarid qilish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar jadvallari tasdiqlandi.

Hujjat qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 01.12.2021 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid