Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nike kompaniyasi Ronalduning «Oltin to‘p»iga bag‘ishlab maxsus butsalarni ishlab chiqaradi
France Football nashri 7 dekabr kuni 2017 yilning eng yaxshi futbolchisini e'lon qilib, unga «Oltin to‘p»ni topshiradi.
Sovringa asosiy nomzod sifatida «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va «Barselona» to‘purari Lionel Messi ko‘rilmoqda.
Avvalroq, 32 yoshli portugaliyalik beshinchi «Oltin to‘p»ini Eyfel minorasida qabul qilib olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Internetda esa Ronalduga homiylik qiluvchi Nike kompaniyasining bu voqeaga bag‘ishlab, ishlab chiqaradigan maxsus butsalarning rasmlari tarqalib ketdi.
Nike Mercurial Superfly V nomli maxsus butsalarga ‘Quinto Triunfo’ («beshinchi tantana») yozuvi tushirilgan bo‘ladi. U cheklangan miqdorda ishlab chiqariladi.