Sönggi kunlarda Kriştianu Ronaldu yana barçaning e’tibor markazida paydo böldi. Bu safar qandaydir çiroyli goli yoki minglik dovon tomon qöyilgan navbatdagi qadam emas, futbolçining «An Nasr» klubi, hatto Saudiya Arabistoni davlat investitsiya fondi (PIF) bilan ziddiyati haqida söz bormoqda. Avvaliga köpçilik bunga işonmagan bölsa-da, Saudiya Arabistoni çempionatining navbatdagi tur öyinida Kriştianu qatnaşmadi. «Ar-Riyod»ga qarşi öyinni (1:0) boykot qilgan portugiyalik 40 yoşli yulduz klubning transfer bozoridagi faol emasligidan norozi bölmoqda va uning fikriça «Al Hilol» bilan raqobatda notenglik yuzaga kelmoqda. Liganing eng yaxşi hujumçilaridan biri Karim Benzema ham «Al Ittihod»dan «Al Hilol»ga ötgani esa sönggi tomçi bölişi mumkin.

Bir çöntakdagi tört klub

Avvalo, vaziyatni töliq anglaş uçun bir muhim masalani aniqlab oliş kerak. Aytaylik, Ronalduning «An Nasr»dan noroziligi şunçaki, boşqa bir klubga nisbatan raqobatda yengilişga nisbatan norozilikka mutlaqo öxşamaydi. Saudiya Arabistoni çempionati hukumat doirasidagi loyiha bölib, davlat biratöla tört klub – «An Nasr», «Al Ittihod», «Al Hilol» va «Al Ahli»ning moliyaviy manbasi hisoblanadi. Bu klublar esa PIF tomonidan moliyalaştiriladi.

Ronaldu hozir nafaqat öz klubi boşqaruvidan, balki PIF’dan ham norozi bölayotgani şu bilan izohlanadi. Portugaliyalik futbolçining fikriça, Saudiya Arabistoni «An Nasr»ga nisbatan boşqa uç klubga köproq e’tibor qaratmoqda, bu esa «An Nasr»ning sovrinlar yutişiga katta tösiq bölmoqda.

Şu örinda Saudiya Arabistoni Ligasi, aniqroği PIF sönggi yillarda öz siyosatini keskin özgartira boşlaganini ham ta’kidlaş kerak. Endi Saudiya Arabistoniga katta nomlar, yulduz futbolçilar emas, istiqbolli yoş futbolçilar köproq olib kelinmoqda. Endi bu liga öz davrini ötkazib bölgan yulduzlar uçun nafaqa varianti emas. Aksinça, endi arablar ança yoş va iste’dodli bölgan futbolçilarni ertaroq payqab, ular uçun öziga xos tramplinga aylanişga ham qarşi emas.

«Al Hilol» bilan raqobat

«Al Hilol» Saudiya Arabistonining eng maşhur va xalqaro maydondagi eng muvaffaqiyatli klubi hisoblanadi. Klub 2024 yilda içki çempionat ğolibi böldi, ötgan yil yozida esa klublar örtasidagi jahon çempionatida muvaffaqiyatli qatnaşdi. Ayni damda «Al Hilol» «An Nasr»dan atigi bir oçko köproq jamğargan holda çempionatda peşqadam bölib turibdi.

Kuni keça «Al Hilol» «Renn»dan 30 million yevroga iste’dodli hujumçi Muhammad Meyteni sotib oldi. Meyte nafaqat Fransiya, balki Yevropada ham közga körinib ulgurgan 18 yoşli futbolçi, APLning qator klublari ham u bilan qiziqayotgandi. Bu transfer ortidan «Al Ittihod» bilan yangi şartnoma böyiça kelişa olmasdan, sönggi öyinlarni boykot qilib kelgan Karim Benzema ham 25 million yevro evaziga «Hilol» futbolçisiga aylandi.