Jahon | 11:52 / 22.03.2022
66908
7 daqiqa o‘qiladi

Askarlarga ovqat qilayotgan artistlar va yerto‘ladagi bayram. Ukrainada urushning 26-kuni suratlari

Urushning yigirma oltinchi kuni o‘tdi. Rossiya armiyasi Kiyevni o‘qqa tutishda davom etdi - 21 mart kuni poytaxtning Podolskiy rayonidagi savdo markaziga zarba berildi. RF mudofaa vazirligi u ishlamayotgani va u yerda o‘q-dorilar yashirilgani haqida ma’lum qilgan. Ukraina bosh prokurori ma’lumotiga ko‘ra, savdo markaziga hujum oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan. Xarkovda rossiyaliklar tomonidan berilgan zarba oqibatida 96 yoshli Boris Romanchenko qurbon bo‘ldi, u nemislarning to‘rtta konslageridan omon chiqqandi. 

O‘t o‘chiruvchilar Kiyevdagi Podolskiy rayonida «Retrovil» savdo markazida yong‘inni o‘chirishga harakat qilmoqda. Unga rossiyalik harbiylar hujum qilgan — RF mudofaa vazirligi buni tan olgan. Lokatsiya bo‘yicha ma’lumot urushning ilk kunlarida Ukraina armiyasi texnikasi harakati aks etgan tiktokdagi video orqali aniqlangani taxmin qilinmoqda. Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 26-kunida ro‘y bergan asosiy voqealar: 

  • Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining 21 mart kungi muzokaralari bir yarim soat vaqt davom etdi, shundan keyin muzokaralar ishchi guruhlar darajasida olib borildi. 
  • Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarda erishilgan kompromisslar, xususan Ukraina uchun xavfsizlik kafolati yoki Kiyev nazoratida bo‘lmagan Donbassdagi hududlar va Qrimning maqomi Butunukraina referendumiga qo‘yilishi kerakligini aytdi. 
  • Kiyevda raketa zarbasi oqibatida «Retrovil» savdo markazi va atrofdagi bir necha aholi turar joy binolari vayron bo‘lgan. Ukraina tomoni ma’lumotiga ko‘ra, kamida 8 kishi halok bo‘lgan. 
  • Xersonni egallab turgan Rossiya qo‘shini shahar bosib olinishiga qarshi mitingga chiqqan mahalliy aholi vakillarini o‘qqa tutgan, bir necha kishi yaralangan. 
  • Ukraina hukumati Rossiya mudofaa vazirligining Mariupol shahrini topshirish bo‘yicha ultimatumini rad etdi. 
  • Odessadagilar Qora dengizda turgan Rossiya harbiy kemalari birinchi marta shahar atrofidagi aholi turarjoy kvartallarini o‘qqa tutgani haqida xabar berdi. 
  • Ukraina shimoli-g‘arbidagi Rovensk oblastida bir kunda ikki bor raketa zarbalari berildi. 
  • Moskvada Tver sudi Meta kompaniyasi faoliyatini ekstremistik deb tan oldi va uning Rossiyadagi faoliyatini taqiqladi. Meta yirik ijtimoiy tarmoq va messenjerlar - Facebook, Instagram va WhatsApp’ga egalik qiladi, ularning uchinchisiga hozircha Rossiya hukumatida e’tiroz yo‘q.
  • Urush boshlanganidan buyon Ukrainada 117 bola halok bo‘lgan. Mamlakat bosh prokurorining ma’lumotiga ko‘ra, yana 160 nafarga yaqin bola yaralangan.
  • Ukraina Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati raisi Roman Primushning ma’lumot berishicha, urush boshidan buyon 651 ta aholi turarjoy binosi butunlay vayron qilingan, 3780 turarjoy binosi qisman shikastlangan.
  • BBC rus xizmati ochiq manbalarga asoslangan holda Ukrainada halok bo‘lgan 557 nafar rossiyalik harbiylar haqida ma’lumot berdi. Ular orasida 1 nafar general, 8 nafar polkovnik, 9 nafar podpolkovnik, 20 nafar mayor, 71 nafar kichik ofitser borligi ma’lum bo‘lgan. Jurnalistlar OAVda e’lon qilingan, ammo ismlari keltirilmagan harbiylarni, yollanma jangarilarni hamda DXR/LXR ayirmachilarini ushbu ro‘yxatga qo‘shmagan. Faqatgina Rossiya harbiy kontingenti shaxsiy tarkibi ma’lumotlari keltirilgan. Urush boshlangandan beri Rossiya bir marta - 2 mart kuni (urushning 6-kuni) yo‘qotishlari soni 498 nafarligini tan olgandi.

Quyida urushning navbatdagi kunida olingan asosiy suratlar.

Ukraina hududiy mudofaa jangchilari Kiyevdagi turar joy binosi yaqinida uchayotgan dronni nishonga olmoqda.
Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA
Savdo markazining zarbadan keyingi ko‘rinishi. RF mudofaa vazirligi bu yerdan o‘q-dorilarni saqlash uchun foydalanilganini aytmoqda.
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Kiyevda plastik lentalar uchun navbat. Bunday polotnolardan odamlar zarbalar oqibatida sinib ketgan oynalar o‘rnini yopishda foydalanadi.
Diego Herrera / Xinhua / Chine Nouvelle / SIPA / Scanpix / LETA
Kiyevda zarbalar oqibatida bir qismi qulab tushgan uydagi kvartiradan omon qolgan narsalarini yig‘ishtirayotgan erkak.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Kiyevda vayron qilingan uy yaqinida turgan ukrain harbiysi
Nacho Doce / Reuters / Scanpix / LETA
O‘z vaqtida Oliy rada deputatligiga nomzod bo‘lgan, endi harbiy xizmatchiga aylangan Tatyana Chornovol mashina yukxonasidan tankka qarshi raketalarni olmoqda
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaparast harbiylar otryadi Z harfi yozilgan yuk mashinasida Mariupol atrofida turibdi
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Volnovaxa aholisi rossiyalik harbiylar tomonidan deyarli yer bilan bitta qilingan shahar ko‘chalarida gulxan yoqib, ovqat qilmoqda.
Mixail Tereshchenko / Scanpix / LETA
Nikolayevdagi qabristonda qabrlar orasiga qadalib qolgan raketa. Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Luzanovka sohilida barrikadada navbatchilikda turgan ukrain askari — Odessa atrofi
Sedat Suna / EPA / Scanpix / LETA
G‘arbiy Ukrainadagi Drogobich teatri hovlisida ovqat pishirayotgan ko‘ngillilar. Bu teatrda mamlakatning turli nuqtalaridan kelgan artistlar to‘plangan — san’atini namoyish etish uchun emas, ukrain armiyasi askarlariga ovqat qilish uchun.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Kiyevdagi badiiy studiyada tug‘ilgan kun nishonlanmoqda, bu yer urush davrida bombapanagohga aylangan. Studiya yerto‘lada joylashgan, rassomlar Rossiya Ukrainaga bostirib kirishidan oldinroq bu yerni ta’mirlagan va o‘z ishi uchun foydalangan. Endi ular shu yerda yashamoqda va volontyorlik bilan shug‘ullanib, Ukraina armiyasiga yordam bermoqda. Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Ukrainalik o‘t o‘chiruvchi va qutqaruvchilar Kiyevda hujumga uchragan ko‘p qavatli uyda ishlamoqda.
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Ko‘p qavatli uyda yashagan ukrain oilasi hujumdan keyin o‘z narsalarini yig‘ishtirib tashqariga chiqqan.
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Kiyevdan sharqda joylashgan Krasilovka qishlog‘ida hujumlar oqibatida vayron bo‘lgan uyi oldida o‘tirgan erkak
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik sapyorlar Kiyevga hujumdan keyin raketa kelib tushgan joyni o‘rganmoqda.
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Mariupol aholisi halok bo‘lganlar uchun yo‘l yoqasida qabr qazimoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mariupoldan chiqib kelgan o‘g‘lini quchayotgan ona. Lvovdagi temiryo‘l vokzali.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Rossiya armiyasi tomonidan egallangan Xersonda bosqinga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi. Ukraina bayroqlarini ko‘tarib qurollangan harbiylarga qarshi chiqqan ukrainlar «Uyingizga qayting» deya hayqirishdi. Reuters / Scanpix / LETA
Yonib ketgan tank, Kiyev oblasti. Ukrainian Ground Forces / Reuters / Scanpix / LETA

 

Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid