Jamiyat | 00:24 / 24.03.2017
51177
3 daqiqa o‘qiladi

Video: Toshkent chorrahalaridagi kameralar qanday boshqariladi

Ma'lumki, joriy yil 15 mart sanasidan Toshkent shahrining 115 ta chorrahasiga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yo‘l harakat qoidalarini buzgan transport vositalarini qayd etishni boshladi.   

Tabiiyki, bu haydovchidan yanada xushyorlik va ziyraklik, yo‘l harakatiga qoidalariga a'lo darajada amal qilishni talab etadi. Yo‘qsa, manzilingizga kelayotgan jarimalar tinkangizni quritadi. Kuzatuv kameralarining birinchi ish kunida 8 500 dan ziyod qoidabuzarliklar aniqlangan bo‘lsa, ikkinchi kundagi ko‘rsatkich 6 400 ga tushdi. Demak, ko‘zlangan natijaga erishilmoqda. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 22 mart kuni kameralar tomonidan bir kunda 2 ming atrofida qoidabuzarlik qayd qilingan, YTHlar soni ham keskin kamaygan. 

Biroq, haydovchilarimizda kuzatuv kameralari bilan bog‘liq savollar hamon bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Kun.uz tahririyati Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga ushbu mavzu yuzasidan murojaat qildi va bir qancha savollarga aniqlik kiritdi. Shu bilan birga, kuzatuv kameralarini boshqarish markazi bilan ham batafsil tanishdi.

Markazda ish qizg‘in. 24 soat mobaynida nafaqat transport vositalarining harakati, balki shahrimizning tinchligi va osoyishtaligi uchun ham ko‘chalar doimiy kuzatuvda. 

Bugun ushbu videokameralar yuzasidan turli savollar tug‘ilmoqda. Sarosimaga xojat yo‘q. Marhamat, ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling. Barcha savollaringizga batafsil javob olasiz. Agar texnik sabablarga ko‘ra, noto‘g‘ri jarima yozilgan bo‘lsa, sizga yozilgan jarima bekor qilinadi. 

Jarima to‘lash, ortiqcha chiqim hech kimga yoqmaydi. Ammo, qonun-qoidalarga amal qilish shart va majburiy. Bunga amal qilmaganlar esa jazolanadi. Unutmang, kameralarning o‘rnatilishidan maqsad jarima to‘latish emas, balki yo‘l-trasport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini tartibga solish hamda mamlakatimiz tinchligini asrashdir.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid