Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan giyohvandlik vositasi bilan boğliq holat aniqlandi. Ma’lum qilinişiça, joriy yilning 10 yanvar kuni soat 04:20 larda Bektemir tumaniga xizmatga jalb qilingan YPX inspektori tomonidan Toşkent viloyati hududidan Toşkent şahar hududiga harakatlanib kelayotgan Cobalt rusumli avtomaşina töxtatilib, haydovçining hujjatlari tekşirilgan.
Tekşiruv davomida avtomaşina yölovçisi — 2001 yilda tuğilgan T.N.ning özini tutişi va gap-sözlari xodimlarda şubha uyğotgan. Şundan söng, 2 nafar xolis iştirokida uning yoni közdan keçirilganda, qora rangli, ötkir hidli, saqiçsimon va narkotik moddaga öxşaş modda topilgan.
Holat yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, fuqaro va aniqlangan modda Bektemir tumani IIO FMBga topşirilgan. Hozirda mazkur holat böyiça qonunçilikda belgilangan tartibda tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

















