Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron razvedkasi boshlig‘i halok bo‘ldi
Foto: Getty Images
Islom inqilobi muhofizlari korpusi razvedkasi boshlig‘i, general Majid Hadimiy Isroil zarbasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Israel Kats xabar berdi.
«Eron rahbarlari o‘zlarini nishon sifatida his qilib yashamoqda. Biz ularni birma-bir ovlashda davom etamiz», – deya vazirning so‘zlarini keltiradi Associated Press.
Islom inqilobi muhofizlari korpusi Hadimiyning o‘limini tasdiqlagan. Bayonotda u 6 aprel kuni tongida amalga oshirilgan «terrorchilik hujumi» qurboni bo‘lgani aytilgan.
Hadimiy 2025 yil iyunida korpus razvedkasining oldingi rahbari Muhammad Kozimiy Isroil zarbasi oqibatida halok bo‘lganidan keyin uning o‘rnini egallagandi.
AQSh va Isroil 28 fevral kuni Eronga qarshi urush boshlaganidan buyon islom respublikasining eng yuqori lavozimli rahbarlari, jumladan oliy rahnamo Ali Xominaiy va Milliy xavfsizlik olishy kengashi kotibi Ali Larijoniy ham halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:38
BAA, Kuvayt va Saudiya Arabistoni yana Eron hujumlariga duch keldi
09:23
Tramp ittifoqchilaridan noroziligini bildirdi
21:14 / 06.04.2026
Eron vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish taklifini rad etdi
20:10 / 06.04.2026