Ta’lim | 13:49 / 16.10.2025
7854
1 daqiqa o‘qiladi

Maktablarda kuzgi ta’til 4 noyabrdan boshlanadi

Ta’tildan so‘ng II chorak darslari 10 noyabrdan boshlanadi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2025-2026 o‘quv yilining kuzgi ta’tili sanasi ma’lum qilindi.

Kuzgi ta’til joriy yilning 4 noyabr kunidan boshlanib, 9 noyabrgacha davom etadi.

II chorak uchun darslar 10 noyabr, dushanba kunidan boshlab qayta tiklanadi.

Mavzuga oid