Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartibi bitta qonunda bo‘ladi
Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi joylashtirilgan.
Mazkur hujjatning asosiy maqsadi - faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish hisoblanadi.
Ushbu Qonunning amal qilishi quyidagi faoliyat turlariga nisbatan tatbiq etilmaydi:
- intellektual mulk obektlaridan foydalanishda, shuningdek kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi (franshizing to‘g‘risidagi shartnoma) bo‘yicha yuzaga keladigan munosabatlarga;
- tadbirkorlik sub'yektlarini, bitimlarni, huquqlarni va mol-mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda hisobga qo‘yish;
- akkreditatsiya qilish, sertifikatlashtirish, standartlashtirish, metrologiya va texnik jihatdan tartibga solish;
- davlat ekologik ekspertizasi;
- davlat sirlari muomalasi.
Qonun loyihasi ruxsat berish tartibotlarining quyidagi jihatlarini tartibga solishga yo‘naltirilgan qoidalarni o‘z ichiga olgan:
- litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillarining asosiy prinsiplari;
- litsenziyalashni, ruxsat berish yoki xabardor etish tartib-taomillarini joriy etishning asosliligi va samaradorligi;
- Vazirlar Mahkamasining litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillariga doir vakolatlari;
- litsenziyalarning va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish;
- yagona onlayn elektron portal;
- litsenziyalash;
- ruxsat berish tartib-taomillari;
- litsenziyalash va tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi umumiy qoidalar;
- xabardor etish tartibi.
Shuningdek, Qonun loyihasi quyidagilarni o‘z ichiga olgan:
- amalga oshirilishi uchun litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati;
- ruxsat berish tartib-taomillarining turlarining ro‘yxati;
- vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro‘yxati.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
15:26 / 18.02.2026
Davlat bayrog‘ini namoyish etishda yagona talablar joriy etiladi
16:19 / 16.02.2026
Iste’molchilar shartnomalarida noqulay shartlar cheklanadi
12:27 / 16.02.2026
Tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda elektron tasdiq olish tartibi joriy etiladi
10:51 / 21.01.2026