Adliya vazirligi tomonidan tegişli özgartirişlar davlat röyxatidan ötkazildi. Hujjatga muvofiq, “asoslantirilgan mulohaza” — qonunçilikda belgilangan talablarga qöşimça ravişda litsenziyalovçi organ tomonidan qöllaniladigan, körib çiqilayotgan masalaning haqiqiy mazmuni rasmiy mazmundan ustuvorligini nazarda tutuvçi professional baholaş hisoblanadi.

Qayd etilişiça, bunday mulohaza litsenziyalovçi organning nazorat faoliyati doirasida olingan ma’lumotlariga tayanadi. Şuningdek, jismoniy va yuridik şaxslar, xalqaro taşkilotlar, davlat organlari, jumladan çet el nazorat organlari va taşkilotlaridan kelib tuşgan axborotlar ham inobatga olinişi mumkin. Oçiq manbalardagi ma’lumotlar ham baholaş jarayonida ahamiyat kasb etadi.

Yangi tartibga köra, litsenziyalovçi organning asoslantirilgan mulohazasi litsenziya beriş töğrisidagi arizani rad etiş uçun asos bölişi mumkin.

Mutaxassislar fikriça, mazkur özgartişlar kripto-aktivlar aylanmasi sohasida şaffoflikni kuçaytiriş, xavf-xatarlarni kamaytiriş va bozor iştirokçilari faoliyati ustidan nazoratni takomillaştirişga qaratilgan.