Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ishlayotgan migrantlar uchun qo‘shimcha to‘lovlar joriy etilishi mumkin
Ular nafaqat o‘zi uchun, balki voyaga yetmagan farzandlari uchun ham ishlash huquqini beruvchi patentga pul to‘lashga majbur qilinishi taxmin etilmoqda.
Foto: Global Look Press
Rossiya Moliya vazirligi vizasiz mamlakatlardan kelgan mehnat migrantlarining Rossiyada bo‘lishi iqtisodiy shartlarini kuchaytiradigan qonun loyihalari to‘plamini tayyorladi. Ular nafaqat o‘zi uchun, balki voyaga yetmagan farzandlari uchun ham ishlash huquqini beruvchi patentga pul to‘lashga majbur qilinishi taxmin etilmoqda. Hukumat ushbu tashabbusni ko‘rib chiqmoqchi, deb yozdi «Kommersant’».
Hukumat, xususan, patentga ega bo‘lgan chet elliklarni nafaqat o‘zi uchun, balki voyaga yetmagan oila a’zolari va qaramog‘idagilar uchun ham to‘lashga majbur qilishni rejalashtirmoqda. Har biri uchun - patent qiymatining 50 foizidan. Patent qiymati mintaqaga qarab farq qiladi, bazaviy stavka 1,2 ming rublni tashkil etadi, unga deflyator va mintaqaviy koeffitsiyent qo‘shiladi. Mamlakat bo‘yicha patent qiymati 3,4 mingdan 27,3 ming rublgacha. Moskvada bu summa taxminan 10 ming rublni tashkil qiladi.
Bunday migrantlarning farzandlari voyaga yetgach, o‘z patentini rasmiylashtirishi yoki mamlakatda bo‘lish uchun boshqa qonuniy asoslar bo‘lmasa, uni tark etishi kerak bo‘ladi.
Moliya vazirligi tashabbusi, shuningdek, patent uchun ushbu avans to‘lovini to‘lashi shart bo‘lgan vizasiz mamlakatlardan kelgan chet elliklar doirasini kengaytirishni taklif qiladi. Ushbu talab «shaxsiy, uy va boshqa shunga o‘xshash ehtiyojlar» uchun jismoniy shaxslarda ishlaydigan migrantlarga nisbatan ham qo‘llanishi mumkin.
Mavzuga oid
09:50
Ukrainaga kuchli zarbalar: qurbonlar soni kamida o‘n kishiga yetdi
10:35 / 03.04.2026
Rossiyada jazo o‘tayotgan 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qaytarilishi mumkin
09:04 / 03.04.2026
Rossiya benzin eksportini iyul oxirigacha to‘xtatdi
18:59 / 02.04.2026