Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berish axborot tizimi joriy qilinadi
Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berish axborot tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, subsidiya ajratish jarayonlarini avtomatlashtirishga qaratilgan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish” axborot tizimi ishlab chiqilgan va ishga tushirilgan.
Quyidagilar “Agrosubsidiya” ATning asosiy vazifalari etib hisoblanadi:
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari (talabgorlar) uchun cubsidiya ajratishning barcha jarayonlarini, jumladan arizalarni qabul qilishdan tortib subsidiya mablag‘larini ajratishgacha bo‘lgan jarayonlarni to‘liq elektron shaklda amalga oshirilishini ta’minlash, bunda qog‘oz ko‘rinishidagi hujjat almashuvidan voz kechish;
- talabgorlarni subsidiya ajratish to‘g‘risidagi arizalarini vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqish va ijro etish jarayonlarini real vaqt rejimida nazorat qilish hamda arizalarni ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirish;
- qishloq xo‘jaligi sohasida taqdim etilayotgan subsidiyalar to‘g‘risida ochiq va shaffof statistik ma’lumotlarni shakllantirish hamda ularning yagona elektron arxivini shakllantirish.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Agrosubsidiya” AT ni samarali ishlashini ta’minlash hamda doimiy takomillashtirib borishga mas’ul vakolatli organ etib belgilanadi.
2022 yilning 1 martidan boshlab:
- talabgorlar tomonidan paxta, donli ekinlar, sabzavot ekinlari va kartoshka, poliz ekinlari va ozuqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor o‘simliklar, mevali ekinlar, xo‘raki uzum mahsulotlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish xarajatlarining bir qismini qoplash bo‘yicha subsidiyalarni olish uchun arizalar “Agrosubsidiya” AT orqali yuboriladi;
- talabgorlar tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan turdagi subsidiyalarni olish uchun yuborgan arizalari Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining tuman, viloyat va respublika ishchi guruhlari tomonidan “Agrosubsidiya” AT orqali qabul qilinadi, ko‘rib chiqiladi va ijro etiladi;
- ishchi guruhlar tomonidan ko‘rib chiqilgan va ijobiy xulosa berilgan talabgorlarning arizalari avtomatlashtirilgan holda “Agrosubsidiya” AT orqali Moliya vazirligiga taqdim etiladi va o‘rnatilgan tartibda moliyalashtiriladi.
Mavzuga oid
17:04 / 07.04.2026
Tadbirkorlarga mol va qo‘y go‘shtini import qilishda subsidiya ajratiladi
11:58 / 11.03.2026
Tutzorlar uchun 150 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
13:41 / 20.02.2026
«Umra plyus» doirasida ayrim turistlar uchun subsidiya joriy etilishi mumkin
12:25 / 11.02.2026