NASA sun'iy yöldoşi tomonidan olingan va Toşkent ustidan qalin çang körpa tasvirlangan rasm «kun surati» deb topildi.

Ğayrioddiy çang böroniga şamol tezligi soatiga 55 milyagaça bölgan antitsiklonik böron sabab bölgani aytib ötilgan.

NASA ma'lumotlariga köra, çangning bir qismi Qozoğistonning Turkiston viloyati şimoli-şarqida qurigan yaylovlar va ötloqlardan uçib kelgan.

«Özgidromet» havodagi ifloslaniş darajasi har kub metr uçun 18 ming mikrogrammgaça oşganini ma'lum qilgan. Bu ruxsat etilgan me'yordan 30 barobar yuqori hisoblanadi.

«Özgidromet» tomonidan olib borilayogan kuzatişlar davomiyligida (150 yil) bunday holat ilgari kuzatilmagan. 

«Agar ölçovlar töğri bölsa, bu öta va öta xavfli havoning zararlaniş darajasidir. Men körgan eng yuqori körsatkiç Texasning El-Paso şahrida (AQŞning eng çangli şahrida) qayd etilgan bölib, har bir kubometr uçun taxminan 5 ming mikrogram. Demak, Özbekistondagi bu darajalar men El-Pasoda körganimdan taxminan tört barobar yomonroq», deydi Texas universiteti olimi Tomas Gill.

Ma'lumot uçun, 4 noyabr kuni Özbekistonda kuçli şamollar tufayli mavsumga xos bölmagan çang-qumli böron hodisalari kuzatildi va bu bir neça kun davom etdi.