Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Starlink interneti 2026 yilda ishga tushishi kutilmoqda
13 avgustdan boshlab Qozog‘istonda Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti rasman ishga tushdi.
Ilon Maskka tegishli SpaceX kompaniyasining Starlink sun’iy yo‘ldosh internet xizmati O‘zbekistonda 2026 yildan boshlab ishga tushishi kutilmoqda. Bu haqdagi ma’lumot bilan Starlink saytida tanishish mumkin.
Unda xizmatning ishga tushish muddati 2026 yil deb ko‘rsatilgan.
13 avgustdan boshlab Qozog‘istonda Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti rasman ishga tushdi.
«2025 yil 13 avgustdan boshlab Starlink kompaniyasi Qozog‘iston Respublikasi hududida sun’iy yo‘ldosh interneti xizmatlarini taqdim etishni rasman boshlaydi. Buning natijasida mamlakat aholisi SpaceX kompaniyasiga tegishli Starlink past orbitali sun’iy yo‘ldoshlari tarmog‘i orqali yuqori tezlikdagi va ishonchli internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi», deb xabar berdi Qozog‘iston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi.
Ilon Mask tomonidan asos solingan SpaceX tarkibiga kiruvchi Starlink kompaniyasi texnologiyasi hatto eng chekka va borish qiyin bo‘lgan hududlarda ham barqaror ulanishni ta’minlaydi.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026