O‘zbekiston | 14:38 / 31.01.2018
40600
2 daqiqa o‘qiladi

Pensiyaning me'yori va ta'minoti qanday bo‘ladi?

Foto: KUN.UZ

Mamlakatda  2015-2017 yillarda «Pensiya» dastur majmuasi negizida pensiya ta'minoti bo‘yicha idoralararo yagona «Nafaqa» axborot tizimi joriy etildi. «Nafaqa» tizimi qog‘oz ma'lumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlar olishni bekor qilishi bilan keksa kishilarga qulaylik tug‘dirmoqda, deb yozadi Oliy Majlis  Qonunchilik palatasi deputati Aliya Yunusova Norma.uz nashrida.

Moliya vazirligi huzuridagi Byudjyetdan tashqari pensiya jamg‘armasining (rasmiy pfru.uz sayti) «Pensiya» dastur majmuasi pensiya va nafaqa oladigan 2,5 million pensioner va 237 ming fuqaroga tegishli yagona ma'lumotlar bazasidir.

Mehnat faoliyatini yakunlagan har bir insonni, eng avvalo, unga qancha pensiya tayinlanishi o‘ylantirmoqda. Umuman olganda, ijtimoiy ta'minotning mazkur turi ishlayotgan har bir kishini befarq qoldirmaydi. Ammo bu borada ba'zan tushunmovchiliklar, muammolar yuzaga kelib turadi.

Sir emaski, ayrim yurtdoshlarimiz chet elda ishlagan. Ularni   ish staji va pensiya me'yori qanday  bo‘ladi? Agarda mamlakat fuqarosi Mehnat vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali shartnoma tuzib, chet elda yollangan holda ishlasa va Pensiya jamg‘armasiga o‘rnatilgan tartibda sug‘urta badallarini to‘lasa (har oyda eng kam ish haqi miqdorida), uning ish staji va to‘lagan sug‘urta badali pensiya tayinlanganda hisobga olinadi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid