Özbekistonning amaldagi pensiya tizimi örta muddatli davrda barqarorlik hamda pensiya oluvçilarga munosib nafaqa tölovlarini ta’minlaş maqsadida isloh qilinişi kerak, deyiladi Xalqaro valuta jamğarmasi missiyasining mamlakatga taşrifi yakunlari böyiça tayyorlagan xulosasida.
XVJga köra, uşbu maqsadga quyidalar orqali erişiş mumkin:
- pensiya yoşini bosqiçma-bosqiç oşiriş;
- ayrim taşkilot kategoriyalari uçun belgilangan imtiyozli badal stavkalarini bosqiçma-bosqiç bekor qiliş bilan bir vaqtda standart badal stavkasini oşiriş;
- pensiya miqdorini mehnat faoliyati davomidagi örtaça daromad asosida hisoblaş;
- narxlarning özgarişiga qarab pensiyaning avtomatik indeksatsiya qiliniş tizimini joriy etiş.
Qayd etilişiça, 2024 yil dekabr oyida Özbekistonda pensiya islohotiga bağişlangan seminar ötkazilgan va uning doirasida konseptual hujjat tayyorlaş boşlangan. Hujjatni 2025 yilning sentabrigaça mamlakat prezidentiga taqdim etiş rejalaştirilgan.
Ma’lumot uçun, 1 iyun holatiga köra, Özbekistonda pensiya oluvçilar soni 4,19 million kişini taşkil etadi. Ulardan 3,47 million nafari yoşga doir, 476,2 ming nafari nogironlik, 248,9 ming nafari boquvçisini yöqotganlik nafaqasini olişadi. Respublika böyiça örtaça pensiya miqdori 1 mln 432 ming söm.
2024 yilning sentabr oyida Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qiliş konsepsiyasini işlab çiqiş böyiça taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida» qaror qabul qilingandi.
Qarorga köra, 2025 yil 1 martga qadar davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qiliş konsepsiyasi loyihasi işlab çiqilişi kerak edi.











