Jahon | 16:24 / 09.01.2021
61078
2 daqiqa o‘qiladi

Jakartadan uchgan Boeing 737 bir daqiqa o‘tib suvga quladi

Voqeaga guvoh bo‘lgan baliqchilar havoda ikkita portlash sodir bo‘lganini ko‘rgan.

Foto: Hafit Irawan/Shutterstock/FOTODOM

Indoneziyaning Sriwijaya Air aviakompaniyasiga tegishli samolyot poytaxt Jakartadan yo‘lga chiqqach, parvozni boshlaganidan 1 daqiqa-yu 9 soniya o‘tib radarlardan yo‘qolib qolgan.

SJ 182 reysi bilan uchgan samolyot bortida 62 yo‘lovchi bo‘lgani aytilmoqda. Ulardan yetti nafari bolalar, shuningdek, ikki nafari chaqaloq bo‘lgan. Radarlardan yo‘qolib qolgan samolyot Boeing 737-500 bo‘lgan va u Pontianak shahri tomon yo‘l olgan. Internetda reysda bo‘lgan yo‘lovchilarniki ekani aytilayotgan ro‘yxat paydo bo‘ldi.

Ma'lum bo‘lishicha, Boeing 737-500 samolyoti halokatga uchragan. Samolyot 3 ming metr balandlikka ko‘tarilgan vaqtda radarlardan yo‘qolib qolgan va Langkang oroli yaqinidagi suvga qulagan. Hozirda halokat sodir bo‘lgani taxmin qilinayotgan suvlikda qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda. Internetda Boeing 737 samolyotining bo‘laklari topilgani haqida ko‘plab videolar tarqaldi. Aviakompaniya voqea tafsilotlari haqida ma'lumot bergani yo‘q.

Voqeaga guvoh bo‘lgan baliqchilar havoda ikki marta portlash sodir bo‘lganini ko‘rgan. Qutqaruv operatsiyasi davomida suvda samolyot va odam tanasining bo‘laklari topilgan.

Mavzuga oid