Jahon | 20:00 / 16.07.2021
3233
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyo bo‘ylab 9 mingta Boeing 737 samolyotining uchuvchilar uchun xavfsizligi tekshiriladi

Foto: REUTERS/Lindsey Wasson

AQShning Fuqaro aviatsiyasi federal boshqarmasi (FAA) dunyoning barcha aviakompaniyalari Boeing 737 samolyotlaridagi bosim datchigini tekshirish haqida buyruq chiqardi.

FAA ma'lumotlariga ko‘ra, ba'zi aviakompaniyalar ushbu datchiklar nosoz ishlayotgani haqida ma'lum qilishgan. Bosim datchiklari uchuvchilar kabinasidagi bosimning oshishini ko‘rsatadi. Kabinada bosim oshishi kislorod yetishmasligi va hushni yo‘qotishga olib kelishi mumkin.

Tekshiruv butun dunyo bo‘ylab 9 mingta, jumladan AQShda ro‘yxatga olingan 2,5 mingta Boeing 737 samolyotini qamrab oladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid