Körgazma Özbekistonning boy madaniy merosini aks ettiruvçi, Imom Buxoriy hayoti va ijodiga bağişlangan noyob hamda zamonaviy texnologiyalar kömagida yaratilgan san’at asarlari töplamidan iborat. Eksponatlar orasida Özbekiston hunarmandlari tomonidan yaratilgan xattotlik asarlari, kulolçilik buyumlari, kaştadözlik va zargarlik san’ati namunalari, milliy liboslar va miniatyuralar örin olgan.
Körgazmaning tantanali oçiliş marosimida Indoneziya madaniyat vaziri Fadli Zon, din işlari vaziri – "Istiqlol" masjidi boş imomi Nasaruddin Umar, Taşqi işlar vazirligi madaniy-gumanitar aloqalar departamenti boşliği Yuliana Bahor, şuningdek, mamlakat Ulamolar kengaşi rahbariyati, siyosiy doira vakillari, jamoat taşkilotlari namoyondalari va va boşqalar iştirok etdi.
Indoneziya din işlari vaziri – "Istiqlol" masjidi boş imomi Nasaruddin Umar öz nutqida, Özbekiston haqli ravişda islom sivilizatsiyasi markazi sifatida e’tirof etilişini ta’kidladi. "Arabiston yarim orolida dunyoga kelgan muqaddas dinimiz aynan Özbekiston hududida yaşab ijod qilgan ulamo va donişmandlarning sa’y-harakatlari bilan rivoj topib, yuksak çöqqilarga kötarildi. Özbekiston özining boy tarixi va betakror madaniyati bilan xalqlarni birlaştiriş, dunyo mamlakatlari örtasida döstlik köprigini yaratiş salohiyatiga ega bölgan mamlakatdir. Şubhasiz, "Imom Buxoriy" kreativ guruhi tomonidan taşkil etilgan bugungi körgazma Indoneziyada yilning eng muhim va yorqin madaniy voqeasi bölib qoladi hamda ikki tomonlama munosabatlarimiz tarixidan munosib örin egallaydi. Fursatdan foydalanib, Özbekiston hukumatiga uşbu loyihani qöllab-quvvatlagani uçun minnatdorlik bildiraman", dedi u.
Indoneziya madaniyat vaziri Fadli Zon öz çiqişida, Imom Buxoriy islom olamining buyuk şaxslaridan biri ekanini qayd etdi. "Donişmand Özbekiston hududida tavallud topgan. Ul zotning qadimiy Samarqand yonida joylaşgan maqbarasi bugungi kunda dunyo musulmonlarining muqaddas ziyoratgohi hisoblanadi. Uşbu ziyorat amalini bajariş har bir indoneziyalikning orzusi. Işonçim komilki, bugun oçilayotgan Özbekiston islom san’ati körgazmasi xalqimizda katta qiziqiş uyğotib, mamlakatlarimiz örtasidagi xalq diplomatiyasini yanada kengaytiriş uçun turtki böladi va madaniy-gumanitar aloqalarimizni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi", dedi madaniyat vaziri.
"Imom Buxoriy: Özbekiston islom san’ati" körgazmasi 2025 yil fevral oyiga qadar davom etadi.













