Xitoy Markaziy televideniyesiga asoslanib berilgan xabarga köra, voqea Guansi-Çjuan avtonom rayonida yuz bergan.

«China Eastern Airlines aviakompaniyasiga tegişli, 132 yölovçi bilan uçib ketayotgan Boeing 737 samolyoti Guansi-Çjuan avtonom rayoni, Uçjou şahri okrugi, Ten uezdida halokatga uçradi», - deyiladi rasmiy xabarda.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, samolyot Kunmin şahridan Guançjou şahriga MU5735 reysini amalga oşirgan. Qurbon bölganlar soni ma’lum emas.

Halokat joyida qidiruv-qutqaruv işlari olib borilmoqda.

Flightradar24 portali ma’lumotiga köra, samolyot Kunmindan mahalliy vaqt bilan soat 13:15 da (Toşkent vaqti bilan 10:15 da) havoga kötarilgan. Taxminan 1 soatdan keyin samolyotning tezligi keskin pasayib, balandlikni yöqota boşlagan. Söngra radarlar ekranidan yöqolgan.