Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amalga oshirilishi uchun litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlari ro‘yxati to‘ldirildi
Foto: Shutterstock
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Moddiy madaniy meros obektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 2 avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 24 avgustda ma'qullangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 mayda qabul qilingan «Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi 222‒II-sonli Qarorining 1-ilovasi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirildi:
«Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlarini asrashga doir faoliyat».
Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati quyidagicha edi:
Qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoyalanish vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani ishlab chiqish, ishlab chiqarish, ta'mirlash va realizatsiya qilish.
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish.
Bo‘shayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash.
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta'mirlash va realizatsiya qilish.
Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat.
Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta'mirlash va ulardan foydalanish.
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta'mirlash.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), saqlash, realizatsiya qilish (berish), taqsimlash, tashish, ishlab chiqish va ishlab chiqarish, tayyorlash, yo‘q qilib tashlash, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va o‘quv maqsadlarida, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shu jumladan tibbiyotda va veterinariyada foydalanish, shuningdek tarkibida giyohvand moddalari bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish.
Veterinariya faoliyati.
Tibbiy faoliyat.
Farmatsevtika faoliyati.
Ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta'mirlash.
Mudofaa obektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta'mirlash.
Xavfi yuqori bo‘lgan obektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish.
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish.
Qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish.
Balandliklarda sanoat alpinizmi usullari orqali ta'mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish.
Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish.
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish.
Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish.
Qimmatbaho va nodir metallarni, qimmatbaho toshlarni qazib olish.
Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilg‘isi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek texnik moylar va moylash materiallarini) realizatsiya qilish, bundan zavodda idishlarga qadoqlanganlari mustasno.
Etil spirti va alkogolli mahsulot ishlab chiqarish.
Bank faoliyati.
Banklar tomonidan chet el valutasida operatsiyalar o‘tkazish.
Qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarish.
Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat.
Baholash faoliyati.
Sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati.
Auditorlik faoliyati.
Lombardlar faoliyati.
Lotereyalar tashkil etish.
Advokatlik faoliyati.
Bojxona omborini ta'sis etish.
Bojsiz savdo do‘konini ta'sis etish.
Bojxona rejimida omborxona — «erkin omborxona» ta'sis etish.
Geodeziya va kartografiya faoliyati.
Noshirlik faoliyati.
Nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyat.
Diniy ta'lim muassasalarining faoliyati.
Audiovizual asarlarni, fonogrammalarni va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash.
Fonogrammalarni tayyorlash.
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish.
Birja faoliyati.
Turizm faoliyati.
Ulgurji savdo.
Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish.
Mikrokredit tashkilotlari faoliyati.
Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish.
Rieltorlik faoliyati.
Kredit byurolari faoliyati.
Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi bo‘yicha faoliyat.
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish.
Xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyati.
Mavzuga oid
13:00 / 11.12.2025
Qoraqalpoq o‘tovi YuNeSKO nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi
16:13 / 05.12.2025
Muzey va ziyoratgohlarga “virtual sayohat”, QR-kod va mobil ilova joriy etiladi
11:13 / 17.11.2025
YaTTlarning firma nomiga ega bo‘la bo‘lishiga ruxsat beriladi
17:25 / 27.10.2025