Bu nominatsiya Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekiston tomonidan “Qirğiz, qozoq va qoraqalpoq ötovlarini tayyorlaş böyiça an’anaviy bilim va könikmalar” nomi ostida qöşma tarzda taqdim etilgan edi.
Qoraqalpoq ötovi köçmançi turkiy xalqlar uyining noyob namunasi sifatida xalqning dunyoqaraşi, mehnat va turmuş tarzi, mehmondöstligi, estetik qaraşlari hamda milliy me’morçiligi uyğunlaşgan madaniy ramz sifatida e’tirof etildi.

Qoraqalpoq ötovining YuNeSKO röyxatiga kiritilişi Qoraqalpoğiston uçun ham, umuman Özbekiston uçun ham katta ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy ahamiyatga ega ekani ta’kidlanmoqda.
Mazkur qaror sönggi yillarda Özbekiston va YuNeSKO örtasida madaniy merosni muhofaza qiliş va tarğib etiş sohasida izçil rivojlanayotgan hamkorlikning navbatdagi samarasi böldi.













