Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muzey va ziyoratgohlarga “virtual sayohat”, QR-kod va mobil ilova joriy etiladi
O‘zbekistonda madaniy meros obektlari va muzeylar faoliyatini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, sayyohlar oqimini keskin oshirish hamda xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilinadi. Unga muvofiq, muzey va ziyoratgohlarga “virtual sayohat” qilish, QR-kod orqali ma’lumot olish hamda maxsus mobil ilovalar orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Qaror loyihasi bilan mamlakatda madaniy meros va muzeylar sohasi salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi hamda uning ijrosini nazorat qiluvchi Tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlanishi ko‘zda tutilgan. Tashkiliy qo‘mita zimmasiga Dasturda belgilangan vazifalarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar va boshqa tuzilmalar bilan hamkorlikda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish vazifasi yuklatiladi.
Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda hududiy hokimliklar hamkorligida:
madaniy meros obektlari va muzeylarga kirish chiptalarini raqamlashtirish, oldindan onlayn xarid qilish imkoniyatini yaratish va bilet operatsiyalarining yagona elektron tizimi (BOYaET) bilan integratsiya qilish;
muzey (fond) ashyolari, kolleksiyalar va arxiv materiallarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish;
obektlar va muzeylarga yo‘naltiruvchi ko‘rsatkichlar, xaritalar va QR-kodli ma’lumotlar joylashtirish;
davlat muzeylari va madaniy meros obektlariga “virtual sayohat” qilish imkonini beruvchi maxsus dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish;
har bir muzeyning shaxsiy brendi (museum brendbook)ni yaratish, rasmiy veb-saytlarni zamon talablariga mos ravishda to‘liq yangilash va ular uchun mobil ilovalar ishlab chiqish kabi vazifalar belgilab qo‘yiladi.
Shuningdek, qaror loyihasiga muvofiq, turar joylar va hududlarning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, infoturlar tashkil etish, xorijiy va mahalliy turistik kompaniyalarni muzey va madaniy meros obektlariga keng jalb etish, chipta narxlarini optimallashtirish, ekspozitsiyalarni yangilash, interaktiv texnologiyalarni keng joriy etish ham nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
10:18 / 11.03.2026
Poytaxtda turizm va madaniyat yo‘nalishiga yangi rahbar tayinlandi
12:22 / 22.01.2026
Urgutdagi bino buzilishiga Madaniy meros boshqarmasi va hokimlik izoh berdi
13:00 / 11.12.2025
Qoraqalpoq o‘tovi YuNeSKO nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi
19:02 / 23.10.2025