Oltinsoyda fuqarolar va ichki ishlar xodimlari o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Ikki xodim tan jarohati olgan
Kun.uz tahririyatiga bir guruh fuqarolar va o‘nlab ichki ishlar xodimlari o‘rtasida yuz bergan janjal aks etgan video kelib tushdi.
Aniqlanishicha, videoda aks etgan holat joriy yil 14 fevral kuni Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida yuz bergan.
Viloyat IIBdan olingan ma'lumotga ko‘ra, 2020 yil 14 fevral kuni soat 16:05larda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Qishloq xo‘jaligi yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 17 iyundagi PF-5742-son farmoni hamda Bosh prokuraturaning topshirig‘i ijrosini ta'minlash maqsadida Oltinsoy tumanining Halqabod mahallasida joylashgan fermer xo‘jaligiga tegishli yer maydoniga fuqarolar M.I., M.D., N.F., T.A., M.S. va S.A. noqonuniy ravishda qurgan uylarni buzish vaqtida aholi hokimiyat va kadastr vakillariga faol qarshilik ko‘rsatilib, ularning qonuniy buyruq talablariga bo‘ysunmaslik holati yuz bergan.
Shundan so‘ng, vaziyatga ichki ishlar organlari xodimlari aralashib, holatni yumshatmoqchi bo‘lgan. Biroq, vaziyat taranglashib, IIB xodimlari va fuqarolar o‘rtasida urush-janjal kelib chiqqan.
Urush-janjal vaqtida fuqarolar tomonida tosh va tayoqlar bilan xodimlarga tan jarohatlari yetkazilgan. Natijada Oltinsoy tumani IIB JTSG Konvoy xizmati guruhi safdor-xodimi Sh.Mustafoqulov va bo‘lim HPB IIO tayanch punktlari profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi A.Jabborov turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Sh.Mustafoqulovning jarohati jiddiy ekanligi sabab u kasalxonaga yotqizilgan.
Aholi vakillari orasida tan jarohati olganlar haqida ma'lumotlar berilmagan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Oltinsoy tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent metropoliteni TTZ dahasigacha olib boriladi
O‘zbekiston | 14:35
-
Yevropa davlatlari Istanbul meri qo‘lga olinganini qoralab chiqdi
Jahon | 13:49
-
Navro‘zda havo iliq bo‘lishi kutilmoqda, hafta oxirida salqin boshlanadi
O‘zbekiston | 13:48
-
Shimoliy Koreya bitkoin zaxiralari bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa chiqdi
Jahon | 13:36
Mavzuga oid

20:01 / 11.06.2023
Surxondaryoda daraxtlarni kesib, 5 mln so‘mga sotganlar tabiatga 550 mln so‘m zarar keltirdi

13:36 / 04.02.2023
Surxondaryoda ikkita bog‘chaning bozor bahosi qariyb 1,7 mlrd so‘m bo‘lgan binolari va yerlari noqonuniy berib yuborildi

21:38 / 25.01.2023
Surxondaryo viloyatida yana to‘rt tuman hokimi o‘zgardi. Kun davomida 10 ta tayinlov amalga oshirildi

00:05 / 24.01.2023