Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda AES qurilishi loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari o‘tkaziladi
23 dekabr, seshanba kuni soat 11:00 da Forish tumani Bog‘don aholi punktida joylashgan 30-son Madaniyat markazida AES loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari o‘tkaziladi. Bu haqda "O‘zatom" agentligi ma’lum qildi.
Agentlikka ko‘ra, jamoatchilik eshituvlari atom elektr qurilishi loyihasi, uning texnik ko‘rsatkichlari, xavfsizlik tizimi, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati yuzasidan aholini xabardor qilish, fikr va takliflarni o‘rganishga qaratilgan.
Loyihaning asosiy texnik ko‘rsatkichlari quyidagicha:
- umumiy quvvati — 2110 MVt;
- yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish — 16–17 mlrd kVt·soat;
- O‘zbekistonning energiya balansidagi ulushi — 12–15 foiz;
- ekspluatatsiya muddati — 60 yil.
Loyiha doirasida yaratiladigan yangi ish o‘rinlari:
- qurilish davrida — 13 000 nafargacha;
- ekspluatatsiya davrida — 2 000 nafargacha.
O‘zbekistonda AES qurilishi loyihasining bosh pudratchisi sifatida «Atomstroyeksport» AJ belgilangan. U atom elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha dunyoda eng katta eksport shartnomalari portfeliga ega «Rosatom» davlat korporatsiyasining muhandislik divizioni hisoblanadi.
Loyiha xavfsizlik nuqtai nazaridan atom energetikasi sohasida eng ilg‘or texnologiyalardan biri hisoblangan VVER-1000 hamda RITM-200N reaktorlari asosida AES qurishni nazarda tutadi.
Jamoatchilik eshituvlari doirasida aholi, ekspertlar, fuqarolik jamiyati vakillari va manfaatdor tomonlar ishtirok etishi mumkin.
Mavzuga oid
10:00 / 29.03.2026
Lixachyov aytgan trillionlar va budjet gardanidagi futbol - hafta dayjesti
17:20 / 28.03.2026
AESda vodorodli portlashdan himoya qoidalari tasdiqlandi
20:56 / 25.03.2026
O‘zbekistonda kichik AES qurilishi Rossiya kompaniyalarini 2 trillion rublgacha buyurtmalar bilan ta’minlaydi – Lixachyov
17:34 / 24.03.2026