To‘lov-kontrakt miqdorlari oshmaydi – vazirlik
O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalarida 2020-2021 o‘quv yilining ikkinchi yarmida to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarmaydi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev ma'lum qildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan brifingda tizim faoliyatiga oid qator savollarga, jumladan BHM oshishi kontraktlarga qanday ta'sir qilishi bo‘yicha javob berildi.
«2021 yil 1 fevraldan boshlab respublikamizda ish haqi va stipendiyalar miqdorlari 10 foizga oshirilishi belgilandi.
Pandemiya sharoitida respublika aholisining to‘lov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi davlat oliy ta'lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan oilalarga yengillik yaratish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy o‘quv yilidagi amaldagi to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarishsiz saqlab qolinadi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, prezident qaroriga muvofiq, 2021 yil 1 fevraldan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, nafaqa va stipendiya miqdori 10 foizga oshirilishi belgilangan. Talabalarning to‘lov-kontraktlari miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘lab qo‘yilgani tufayli kontrakt narxlari yana oshishi ehtimoli yuzaga kelgandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda mahsulotlar va xizmatlarni «Halol» belgisi bilan tamg‘alashga ruxsat beriladi
O‘zbekiston | 23:43 / 02.02.2025
Leviafanga qarshi oligarx: nega Ilon Mask «Yevropaga asil buyukligini qaytarish»ga ahd qildi?
Jahon | 20:34 / 02.02.2025
Trampdan yangi «shou», HAMASda yangi taktika, AQShni «sindirgan» Xitoy – hafta dayjesti
Jahon | 16:07 / 02.02.2025
“Uyda o‘tira olmayman” - Qumtepa bozorida savdo qilayotgan 81 yoshli otaxon
Jamiyat | 14:44 / 02.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Putin va Tramp Saudiya Arabistoni yoki BAAda uchrashishi mumkin
Jahon | 18:10
-
Bojxona yig‘imlari stavkalari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 17:58
-
2025 yilda 5 million 200 ming aholi bandligini ta’minlash reja qilingan
O‘zbekiston | 17:37
-
Davlat chegarasidan o‘tishda «Elektron navbat» axborot tizimi joriy etiladi
O‘zbekiston | 17:35
Mavzuga oid
13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi
19:47 / 26.02.2021
Viloyat hokimliklari 100 nafardan xotin-qizlarning kontraktini to‘lab beradi - prezident
10:14 / 26.02.2021
OTMda ikki va undan ortiq farzandi kontraktda o‘qiyotgan oilalarga imtiyozli ta'lim kreditlari berilishi mo‘ljallanmoqda
16:24 / 06.02.2021