Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning o‘g‘li Adam og‘ir «avariya»ga uchragani aytildi
Manbalarga ko‘ra, Qodirov korteji Grozniyda katta tezlikda harakatlangan, bir necha avtomobil YTH «ishtirokchisi» bo‘lgan, bir necha kishi jarohatlangan.
Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning o‘g‘li Adam Qodirov Grozniydagi yo‘l-transport hodisasidan so‘ng shifoxonaga yotqizildi, deb xabar berdi 16 yanvar kuni muxolifatdagi Niyso telegram-kanali va «Kavkaz.Realii» nashri manbalarga tayanib.
Ularning ma’lumotiga ko‘ra, Adam Qodirov og‘ir ahvolda, hushsiz holatda shifoxonaga yetkazilgan. U Grozniydagi respublika shifoxonasida yotibdi. Jabrlanuvchi reanimatsiya qilinib, Moskvaga olib ketishga tayyorlanmoqda.
Manbalarga ko‘ra, Qodirov korteji katta tezlikda harakatlangan, bir necha avtomobil YTH «ishtirokchisi» bo‘lgan, bir necha kishi jarohatlangan.
Halokatdan keyin Grozniy shahri yopib qo‘yishdi. Xususan, Qodirov olib borilgan shifoxona yo‘llari yopilgan.
18 yoshli Adam Qodirov - Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning eng mashhur farzandlaridan biri. U Checheniston xavfsizlik kengashi kotibi va respublika IIV kuratori hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:12 / 29.03.2026
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
10:06 / 01.03.2026