Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Antikvar avtomobillar uchun alohida davlat raqamlari joriy etiladi
O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga yo‘l harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror loyihasi e’lon qilindi.
Yo‘llarda harakat ishtirokchilari xavfsizligini ishonchli ta’minlash hamda ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsad qilingan.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq 2026 yil 1 yanvardan boshlab:
- ochiq konlarda (karerlarda) ishlovchi o‘ziag‘daruvchi yuk avtomobillari davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi;
- umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq bo‘lgan N3 va O4 toifadagi yuk tashuvchi va maxsus transport vositalari hamda ochiq konlarda (karer) ishlovchi o‘ziag‘daruvchi yuk avtomobillari, shuningdek, antikvar avtomobillar uchun alohida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi.
Ichki ishlar vazirligi Transport vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda har yili mart oyida “Eng namunali yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlangan hudud” ko‘rik-tanlovini o‘tkazib boradi.
Mavzuga oid
13:47 / 04.12.2025
Rossiyada yangi mashinalar sotuvi bir yilda 17,8 foizga tushib ketdi
17:00 / 03.12.2025
Leapmotor, GAC Aion va AITO endi rasman O‘zbekistonda, faqat Evolution Motorsʼda!
19:00 / 02.12.2025
BYD akkumulyator tizimidagi xavfli nuqson tufayli qariyb 90 ming avtomobilni qaytarib oladi
12:24 / 29.11.2025