Jahon | 17:09 / 27.03.2017
3843
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyadagi eng yirik to‘g‘onga talofat yetgani rad etildi

Furot GESining bosh direktori Najim al-Bunyo bir qator ommaviy axborot vositalari tomonidan "Tabqa" to‘g‘onining o‘pirilish ehtimoliga doir tarqatilgan xabarlarni tasdiqlamadi. 

"Qurolli to‘qnashuvlar natijasida obektda uskunalar ichdan chiqqani rost. Bundan tashqari elektr stansiyasining o‘zida ham muammolar haqida ma'lumotlar bor", — degan al-Bunyo Suriyaning "Al-Vatan" gazetasiga bergan izohida. Shu bilan birga, u to‘g‘onning o‘pirilib tushish xavfi yo‘qligi ta'kidlagan.

"Olinayotgan ma'lumotlarga ko‘ra, vaziyat qo‘rqinchli va tahlikali. Biz yechim topish va ehtimolli talofatni kamaytirish maqsadida texnik mutaxassislar bilan aloqani ta'minlab turibmiz", — dedi u hozircha bo‘layotgan voqealarning to‘liq ko‘rinishiga ega emasligini ta'kidlar ekan. 

"Bizda hozircha nima bo‘lgan va bo‘layotganligi haqida hech bir aniq ma'lumot yo‘q, barcha ma'lumotlarni texnik xodimlardan olib turibmiz", — degan al-Bunyo.

Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni Livanning "Al-Mayodiyn" telekanali Suriya demokratik kuchlari koalitsiyasining IShID terrorchi jangarilariga qarshi Tabqa shahri yaqinida olib borayotgan janglari tufayli Furot GESi to‘g‘oniga talofat yetib, vaqtincha to‘xtatilgani, boshqaruv punkti esa ishdan chiqqani haqida xabarlar tarqatgan edi.

Mavzuga oid