Yakshanba kuni erta tongda sulh kelishuvi e’lon qilinganidan so‘ng, so‘nggi kurd jangchilari Suriyaning Halab shahridan chiqib ketdi.

11 yanvar tongida kurdlar yetakchiligidagi Suriya Demokratik Kuchlari (SDF) rahbari Mazlum Abdi xalqaro vositachilik orqali kelishuvga erishilganini aytib, Halab shahridan «jasadlar, yaradorlar, qamalda qolgan tinch aholi va jangchilar»ning xavfsiz evakuatsiyasini ta’minlaganini bildirdi.

BBC nashrining mahalliy OAVlarga tayanib yozishicha, kurdlar ko‘pchilik bo‘lgan Shayx Maqsud mahallasidan SDF’ning so‘nggi a’zolari avtobuslarda shaharni tark etgan.

Bu ko‘chish – kurd kuchlarining 2011 yildan beri nazorat qilib kelgan Halabdagi hududlardan chiqarilishini anglatadi. Biroq kurd kuchlari Suriya shimoli-sharqining katta qismida yarim avtonom hududni boshqarishda davom etmoqda.

Foto: BBC

Suriyadagi uch nafar xavfsizlik manbasining Reutersʼga aytishicha, shanbaga o‘tar kechasi bir guruh kurd jangchilari, jumladan ayrim qo‘mondonlar va ularning oilalari yashirincha Suriyaning shimoli-sharqiga olib chiqib ketilgan.

Yangilangan kelishuv

Aslida 2025 yil mart oyida o‘n minglab jangchilarga ega bo‘lgan kurdlar yetakchiligidagi SDF barcha harbiy va fuqarolik institutlarini Suriya davlatiga integratsiya qilish bo‘yicha kelishuv imzolagandi. Lekin, tomonlar bir-birini muzokaralarni izdan chiqarishga urinishda ayblab kelgan, kelishuv esa deyarli bir yil o‘tsa ham amalga oshmay kelgan.

Shundan so‘ng, o‘tgan haftada Suriya hukumati kurd jangarilaridan Halabning Shayx-Maqsud va Ashrafiya kvartallarini tark etish hamda tinch aholi xavfsizlikda bo‘lishini ta’minlashni talab qildi.

Halabdagi to‘qnashuvlar / Foto: AFP

Suriya armiyasi belgilangan muddat tugaganidan keyin esa Halab shimolidagi kurd kvartallarini o‘qqa tutishga