Aksiyalarning biri 19 yanvar kuni kunning ikkinçi yarmiga möljallangan. Norozi fuqarolar “Ahmad aş-Şar’a — Mers taklif qildi, biz esa ayblaymiz” şiori ostida federal kansler idorasi binosidan Brandenburg darvozalarigaça yurib borişni rejalaştirgan, u yerda miting bölib ötadi. Bundan taşqari, yana bir aksiya ham ötkazilişi kutilmoqda.

Kutilişiça, Ahmad aş-Şar’a Berlinda GFR prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer va kansler Fridrix Mers bilan uçraşadi. Şuningdek, dasturda Germaniyaning siyosiy doiralari va biznes vakillari bilan muzokaralar ham bor. Muzokaralarning asosiy mavzusi suriyalik qoçqinlarning vatanga qaytişi bölişi kerak.

Aş-Şar’aning kelişiga qarşi, avvalo, Germaniyadagi Suriyadan kelgan qoçqinlar orasidagi diniy va etnik ozçiliklar vakillari çiqiş qildi. Ular aş-Şar’a boşçiligida hokimiyatga kelganlar ta’qibi sabab Suriyadan qoçib kelgan. Bu — xristianlar, yozidlar, dorziylar, kurdlar va alaviylar.

Kurdlar alohida ravişda aş-Şar’ani hukumat kuçlari va IIV hozir Halab viloyatida kurd qöşinlariga qarşi olib borayotgan kuç işlatiş amaliyoti uçun tanqid qilyapti.

Fuqarolik uruşi tugaganiga qaramay, suriyaliklar Germaniyani tark etib, vatanga qaytişga şoşilmayapti. Sönggi bir yilda Germaniyadagi suriyaliklar soni atigi 3,5 foizga kamaygan — 974 mingdan 940,5 mingga. Bu haqda GFR hukumatining “Söllar” partiyasi deputatlarining parlament söroviga bergan javobida aytiladi.

Şu bilan birga, ön minglab suriyaliklar Germaniyada butunlay qoliş uçun GFR fuqaroligini olyapti. Germaniyaning har törtinçi yangi fuqarosi — suriyalik. 2024 yilda ular 83 150 kişi, 2023 yilda esa 75 ming bölgan.