Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining yillik byudjyeti 200 mlrd so‘m bo‘ladi
Foto: UzNews
Bugun, 30 iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida «Kamolot» YoIH (Yoshlar ijtimoiy harakati) qurultoyi bo‘lib o‘tdi.
Qurultoy davomida Shavkat Mirziyoyev «Kamolot» YoIH o‘rnida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashkil etilgani haqida ma'lum qildi.
U shuningdek, O‘zbekistonda 30 iyunni Yoshlar kuni deb e'lon qildi.
Qurultoyda yoshlarga oid davlat siyosati borasidagi islohotlar to‘g‘risida gapirilgan va yangi tashkilotga katta ishonch bildirilgan.
Qurultoyda qatnashgan manbalarning ma'lumot berishicha, yangi tuzilgan Yoshlar ittifoqining byudjyet mablag‘i ikki baravar oshiriladi, ya'ni yiliga 200 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Bu orqali Markaziy kengashda yaxshi kadrlar yetishmasligining oldini olish ko‘zda tutilgan. Shu vaqtgacha xodimlarning oylik ish haqi o‘rtacha 800 ming so‘m bo‘lgan, tumanlarda binolar yetishmasligi, xizmat mashinalari yo‘qligi, moddiy baza talab darajasida emasligi ta'kidlangan.
Qurultoyda shuningdek, «Mard o‘g‘lonlar» davlat mukofoti hamda «Kelajak bunyodkori» unvoni ta'sis etilgan, kursantlar maktabiga «Temurbeklar maktabi» nomi berilgan.
Bundan oldinroq prezident qurultoy davomida Ozodbek Nazarbekovni «Yoshlar» telekanaliga rahbar etib tayinlagani haqida xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:45 / 30.07.2019
O‘zbekcha palov va jahon andozasi. Vazir o‘rinbosari fan olimpiadalari xalqaro standartlarga moslashtirilmasligini antiqa izohladi
20:11 / 05.02.2019
Jinoyatning bittasi ham ko‘p
12:38 / 04.02.2019
“Yulduzcha” va “Men yulduzman” televizion vokal tanlovining 2-turi bo‘lib o‘tdi (fotoreportaj)
17:08 / 27.01.2019