O‘zbekiston | 17:08 / 27.01.2019
16093
3 daqiqa o‘qiladi

Yoshlar Ittifoqi sertifikatga ega barcha yoshlar va'da qilingan hududdan uy olmasligini istisno etmayapti

Foto: KUN.UZ

Imtiyozli shart bilan uy-joy sotib olish uchun sertifikatga ega 630 nafar iqtidorli yoshdan 150 nafari, avval va'da qilinganidek, Sergeli tumani «Chosh-tepa» mavzesida qurilayotgan uylarda yashaydi. Ammo qolganlar boshqa hududlarda qurilishi ko‘zlanayotgan uylarga ega bo‘lishi istisno etilmayapti. 

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa'dullayevning aytishicha, belgilangan vazifalar oxirigacha bajarilishi uchun tashkilot harakat qiladi, ammo hokimiyatning resurslari ham inobatga olinishi kerak. 

«O‘sha joydan uy qilib berish uchun oxirigacha kurashamiz. Lekin, iltimos, «bu tashkilot bir chekkada turibdi» degan fikrdan yiroqda bo‘lishingizni so‘rayman», – deydi u.

2018 yil 18 sentyabrdagi PQ-3480-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 8 sentyabrdagi 250-sonli qaroriga asosan fan, san'at, adabiyot, sport sohasida, shuningdek davlat va jamiyat hayotidagi xizmatlari evaziga bir guruh yoshlarga imtiyozli asosda uylar berilishi belgilangan edi.

Ma'lum qilinishicha, yosh oilalar uchun mo‘ljallangan uylar Toshkent shahar, Sergeli tumani «Chosh-tepa» mahallasida qurib bitkazilishi nazarda tutiladi. Ammo uy egalariga xonadonlar o‘z vaqtida topshirilmadi. Bu holatga Alisher Sa'dullayev quyidagicha izoh bergan:

«O‘tgan yillar davomida Toshkent shahrida bir necha nafar yoshlarning uy-joy olish jarayoni kechikkan. Lekin vaziyatni tushunishingizni istayman: yillar davomida boquvchisini yo‘qotgan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxs va ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar uy-joysiz sarson bo‘lgan. Ularning ichida yoshlar ham bor. 

Ularning uy-joy bilan ta'minlanmagani tufayli, Toshkent shahrida uy-joyga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortib ketgan», – deydi u.

Sa'dullayevning aytishicha, iqtidorli yoshlar uchun qurilayotgan uy-joy birinchi galda nogironligi bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga nasib etdi.  Ammo u kelgusida 630 nafar sertifikat egalarining barchasi aynan «Chosh-tepa» mahallasidan uy-joyli bo‘lmasligini ham istisno etmayapti. ​

 

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid