2-3 fevral kunlari poytaxtimizning Yoshlar ijod saroyida tanlovlarning ikkinchi turi bo‘lib o‘tdi. Tur shartiga ko‘ra ishtirokchilar 3 yo‘nalishda – an'anaviy ijro, akademik ijro va estrada bo‘yicha duet aytishdi.

Hakamlar hay'atining qattiqqo‘lligi, qizg‘in bahs-munozaralar, keyingi turga o‘tolmagan nomzodlar kurashi, yorqin chiroqlar, zamonaviy va ajoyib dekoratsiya hamda siz mutlaqo kutmagan boshqa syurprizlarni 2019 yil mart oyida “Mening yurtim” telekanalida efir orqali ko‘rishingiz mumkin.