Davlat tilini rivojlantiriş departamenti 2019 yil 22 oktyabrda prezident farmoni bilan taşkil qilingandi. Departament Vazirlar Mahkamasi huzurida taşkil etilib, tuzilmada xodimlarining umumiy çeklangan soni 9ta ştat birligidan iborat bölişi belgilangandi.
Öşanda taşkilotga quyidagi vazifalar yuklangan edi:
- davlat tilini rivojlantiriş, davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişi ustidan monitoringni amalga oşiriş;
- davlat tilining amal qilişi bilan boğliq muammolarni aniqlaş va takliflar beriş;
- özbek tilining yozma nutqi me’yor va qoidalarini işlab çiqiş va lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini töliq joriy etiş borasidagi işlarni jadallaştiriş;
- ilmiy asoslangan yangi söz va atamalarni iste’molga kiritiş, zamonaviy atamalarning özbekona muqobillarini yaratiş va bir xilda qöllanişini ta’minlaş, va boşqalar.
Şundan keyin, taşkil qilinganiga 3 yil tölganda – 2022 yilning dekabr oyida hukumatdagi ma’muriy özgarişlar doirasida departament yopib yuborildi. Uning funksiyalari biror organga ötkazilmadi.
Taşkilotlar odatda vazifasini bajarib, qiladigan işi qolmasa tugatiladi, yoki jamiyatga biror nafi tegmasligi ma’lum bölganda yopilişi mumkin. Lekin til departamentining nega tugatilgani heç qayerda oçiqlangani yöq. Fikrimizça, taşkilot öziga yuklatilgan vazifalarning aksariyatini bajarmadi.
Departament taşkil qilinganda uning oldiga qöyilgan vazifalar qatoriga lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini töliq joriy etiş işlarini tezlaştiriş kiritilgandi. Bu esa alifbo islohoti bilan boğliq edi. «Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida"gi Qonunga özgartirişlar kiritiş haqida»gi qonun loyihasi muhokama böldi-yu, qumga singandek yöq bölib ketdi.
Qolaversa, bir neça yildan beri «Davlat tili töğrisida»gi qonunga özgartirişlar kiritiş haqida»gi qonunning qabul qilinmay yotganiga departamentning heç qanday munosabat bildirmagani qiziq. Oxirgi ma’lumotga köra

















