Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida joylashgan maishiy gaz ballonlariga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi.
FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa 8 iyun kuni soat 13:50 da Qarshi tumani Chaman mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan gaz quyish shoxobchasida yuz bergan.
Xabar kelib tushishi bilan voqea joyiga qutqaruv bo‘linmalari jalb etilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida yuzaga kelgan yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Hozircha hodisa oqibatlari va jabrlanganlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi bildirilgan.