Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrdagi Giza piramidalari yonida 7 ming dollarga xususiy tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat berildi
Giza piramidalari hududida kunning qorong‘u qismida xususiy tadbirlarni o‘tkazishga ijozat berildi. Misrning tarixiy obidalar va madaniy yodgorliklar vazirligi shunday qaror chiqardi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar beradi.
Bir kechalik tadbir narxi 60 ming Misr funtini tashkil qiladi (deyarli 7 ming dollar).
Bundan tashqari, mamlakat hukumati sayyohlik operatorlarining kechqurunlari muzeylarning ochiq bo‘lishi taklifini qabul qildi. Masalan, Qohira muzeyi payshanba va yakashanba kunlari soat 17:30dan 21:00gacha faoliyat ko‘rsatadi.
Muzeyga kechki payt tashrif buyurish xorijlik sayyoh uchun 120 Misr funtiga (13,5 dollar) tushadi. Bu kunduzgi vaqtga nisbatan qimmatroq, lekin kechki payt muzeyga sayohat uyushtirishni xohlovchilarga mashhur ko‘rgazma majmuasiga kirish imkoni beradi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar Misrning sayyohlik sohasini birmuncha jonlantirishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
14:12 / 19.04.2025
Ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtiriladi
08:10 / 17.09.2024
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi
13:48 / 17.05.2023
O‘zbekistonda ommaviy tadbirlar alohida, birinchi va ikkinchi toifalarga bo‘linadi
12:38 / 11.04.2023