Jamiyat | 08:01
8491
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda attraksion quladi: kamida 7 kishi jarohatlangan

Yakshanba kuni «Bog‘ishamol» dam olish majmuasida ichida odamlar bo‘lgan attraksion qulab tushdi. Guvohlar kamida 7 kishi jarohatlanganini aytmoqda. Andijon viloyat FVB hodisani tasdiqladi va 2 kishiga yordam ko‘rsatilganini ma’lum qildi.

Foto: Videodan kadr

Andijon viloyatida joylashgan Z.M.Bobur nomidagi istirohat bog‘ida (“Bog‘ishamol“) zanjir uzilib ketishi natijasida, ichida odamlar bo‘lgan attraksion qulab tushdi.

Ijtimoiy tarmoqlar hodisadan keyin attraksionni qismlari yerda sochilib yotgani aks etgan videolar tarqaldi. Guvohlarning Kun.uzʼga xabar qilishicha, baxtsiz hodisa natijasida kamida 7 kishi jarohatlangan.

Shuningdek, tarmoqlarda «attraksionlarga chiqishda hushyorlikka chaqirib, ularning ko‘plari tekshiruvdan o‘tkazilmagani» aytiladi.

Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi 26 aprel kuni ushbu bog‘ hududida attraksionlardan birining temir konstruksiyasi singanini tasdiqladi. Rasmiylarga ko‘ra, hodisa oqibatida «2 fuqaro yengil tan jarohati olgan va malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan».

Andijon viloyati FVB baxtsiz hodisa sabablari haqida ma’lumot bermagan.

Фаррух Абсаттаров
Tayyorlagan Фаррух Абсаттаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid